TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISHUCHUNSAVOL VA TOPSHIRIQLAR Nima sababdan O’zbekistonda xalqaro baholash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda?
Xalqaro baholash tizimi deganda nimani tushunasiz?
PISA nima? U qaysi mamlakatlarda olib borilmoqda?
Xalqarobaholash tizimiga o’tish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Nima sababdan o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo’nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish zarur?
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish;
PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
Ushbu loyihalar oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi oʼrtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021- yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan. Mazkur tadqiqotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi oʼquvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor sinab koʼrilar ekan, bunga o’ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik koʼrish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar oʼtkazish, oʼquv jarayonlariga
1 Раджиев А.Б., Исмаилов А.А., Нарзиев Ж.Р., Ахмедов Х.П., Тоғаева Г.О. Ўқувчилар саводхонлигини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотлар дастури. Қўлланма, Тошкент, 2019
bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali oʼquvchilarda maxsus koʼnikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi