Eksperiment–pedagogikjarayondabo’ladiganqonuniyaloqalarnio’rganish. Eksperemental ishlar aniq xisobga olinadigan sharoitlarda o’tkaziladi, uning natijasida aniq bir nazariy xollar olinadi. Shuning uchun eksperent natijasida aniq maqsadlar amalga oshiriladi.
Tajribaishlari– eksperimentaltadqiqotlarasosidayaratilganmetodiktizimlarnisamaradorliginitekshirishvositasidir.Tajriba ishlari yordamida yoki ishlab chiqarilgan usullar o’quv jarayoniga qanday ijobiy ta’sir qilgani aniqlanadi. Qisqa qilib aytganda pedagogik eksperiment natijasida olingan nazariy xolatlarni amalda qo’llash mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun o’qitish eksperimental va asosiy sinflarda bir vaqtning o’zida olib boriladi.
Shuningdek, eksperimentning yana quyidagi usullar mavjud:
suhbat usuli, bunda tadqiqotchi o’qituvchilar, o’qtuvchilar va maktab rahbariyati bilan ma’lum bir mavzu bo’yicha suhbatlashadi;
maktab xujjatlarini o’rganish usuli. Bunda sinf jurnallari, dasturlar o’qituvchi xujjatlari, o’quvchilarning yozma ishlari, sinfdan tashqari ishlar hamda mustaqil va amaliy ishlar xujjatlari o’rganiladi.
Metodik tadqiqotlar bosqichlari
Ta’lim va tarbiya ishlarini ma’lum bir maqsadlar va yo’nalishlarda borishi, ularning samaradorligi ilmiy pedagogik ishlarning to’g’ri tashkil qilinishiga
hamda ularning natijalariga bog’liq. Shu maqsadda metodik tadqiqotlar bir necha bosqichlarda olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat:
muammoning qo’yilishi;
tadqiqot obyekti va predmetini tanlash;
tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash;
ishchi g’oyani ishlab chiqish;
ishlab chiqilgan g’oyani pedagogik tajribalarni kuzatish va eksperimental ishlarni bevosita o’rganish asosida tekshirish;
olingan yangi ma’lumotlar va bilimlar asosida nazariy xulosalar ishlab chiqiladi va tadqiqot natijalarini tekshirish amalga oshiriladi.
Muammoni qo’yish bosqichi. Mazkur bosqichda tanlangan mavzu bo’yicha mavjud adabiyotlar o’rganib chiqiladi natijada muammoning tarixi va nazariyasi o’rganiladi, maktablarning tajribasi va yuqori pedagogik tajribalar tahlil qilinadi. Buning natijasida muammoning o’rganilganlik darajasi aniqlanadi. Muammoning qaysi tomonlariga to’la va mukammal va qaysi tomonlariga kam yoki umuman o’rganilmaganligi aniqlanadi. Mazkur ish davomida nazariy xolatlar tahlil qilinadi va o’quv jarayonining aniq xolatini tavsifi tuziladi. Bunday tasdiqlovchi tadqiqot eksperimentusulideb ataladi. Ushbu bosqichning oxirida tadqiqot ishlarini kengaytirilgan dastur loyihasi ishlab chiqiladi.
Tadqiqotobyektlarivapredmetinitanlashbosqichi. Mazkur bosqichda muammoning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqotning obyekti va predmeti aniqlanadi. Tadqiqotning obyekti bo’lib ma’lum bir sinfda olib boriladigan o’quv jarayonining ba’zi jihatlari bo’lishi mumkin.
Masalan, 5-sinfda o’qitiladigan “Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi”da tabiatni kuzatish ko’nikmalarini shakllantirish ishning predmeti bo’lishii mumkin.
Iqtisodiy geografiya tushunchalarini shakllantirishda tadqiqot obyekti bo’lib “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi bo’lishi mumkin, tadqiqot predmeti bo’lib esa iqtisodni o’qitish texnologiyasi bo’lishi mumkin.
Tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash bosqichi.Mazkur bosqich eng muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Maqsad va vazifalarni to’g’ri va aniq ishlab chiqilishi keyingi bosqichlarda ishlarni to’g’ri va aniq loyihalashtirishga va amalga oshirishga yordam beradi. Odatda maqsad va vazifalar muammoni hozirgi holatiga baho berish asosida o’rganiladigan muammoni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi (2-jadval).
Ishchig’oyaniishlabchiqish.Ishchi g’oyani ishlab chiqish pedagogik eksperimentning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan ishchi g’oya butun tadqiqot davomida olib boriladigan ishlarni asosiy o’zagi bo’lib hisoblanadi. Masalan, umumta’lim maktablarida kartografik tushunchalarni shakillantirish g’oyasi 5-sinfdan 9-sinfgacha davom etadi va tadqiqotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan g’oyani sinash.Ushbu bosqichda pedagogik eksperiment, kuzatish va boshqa usullar orqali ishlab chiqilgan g’oya tekshiriladi, uning ahamiyati, samaradorligi baholanadi.
Nazariyxulosalarishlabchiqish. Tadqiqot davomida olingan natijalar umumlashtiriladi va nazariy hulosalar ishlab chiqiladi. Uning asosida ishlab chiqilgan g’oyalar va ilmiy holatlarnining samaradorlik darajasi aniqlanadi va u
yoki bu metod tanlab olinadi va yangi metodik tizim ishlab chiqiladi. Yangi ishlab chiqilgan metodik tizimning afzalligini aniqlashni asosiy o’lchovi bo’lib o’quvchilarning bilim va malakalarini sifati hisoblanadi. Shuning uchun ayrim metodlarni samaradorligini aniqlashda tadqiqotlar ikkita paralell sinflarda olib boriladi, ya’ni eksperimental va oddiy. Oddiy sinflarda dars qabul qilingan metodikani qo’llash orqali o’tkaziladi, eksperimental sinflarda esa yangi ishlab chiqilgan usul yordamida o’tkaziladi. So’ngra eksperimental va oddiy sinflardagi o’quvchilar bilimlari solishtiriladi (2-jadval).
jadval