O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish,
tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish;
tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish;
ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallash;
hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
O’qituvchi yuqoridagi geografiya ta’limining asosiy vazifalarini amalga oshirish, geografiya ta’lim samaradorligiga erishish va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish hamda boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Geografiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning o’quv-bilish, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan geografik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklar, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida o’quvchilarning geografik bilimlarni egallaganlik, tarbiyalanganlik natijasida dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi.
Geografiya fanlar tizimida har bir geografiya fanining o’ziga xos jihatlari mavjud. Mazkur jihatlar geografiya fanining maqsadini belgilab beradi. Geografiya o’qituvchisi har bir sinf geografiya kursini maqsadlarini bilishi lozim.
Geografiya ta’limining maqsadlarini uch guruhga bo’lish mukin: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.