PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study –matnnio’qishvatushunishdarajasinianiqlovchixalqarotadqiqot)mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va
qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning ta’limda yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi to’rtinchi sinf o’quvchilarining o’qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo’yicha yetakchi xalqaro tadqiqotlar orasida. Xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha, boshlang’ich maktabda maktab o’quvchilari-ning keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor qo’yilgan.
PIRLS tadqiqotining natijalari maktab o’quvchilarining o’qish va rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota- onalarning qiziqishi va bolalarning o’qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar) ta’sir ko’rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ta’minlaydi
PIRLStadqiqotida 3tadavr (2001, 2006, 2011) uchun Gonkong (571),
RossiyaFederatsiyasi (568), Finlyandiya (568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog’iston ushbu loyihada birinchi marta 2016yilning aprelida ishtirok etdi.
TIMSS-Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaromonitoringi. Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS – Trends in Mathematics and ScienceStudy) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash
xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang’ich ta’limning 4-sinf o’quvchilari va 8-sinf o’quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko’maklashadi.
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o’tkaziladi. SHu kunga qadar 6 marta 1995,1999,2003,2007,2011va2015 yillarda o’tkazildi.