O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə10/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Tayanch so’z va iboralar: antik davr, o’rta asr, buyuk geografik ishlar, ilmiy geografik ishlar, darslik, o’quv qo’llanma, kartografik qo’llanma, Gyubner, M.V.Lomonosov X.CHebotarev, K.D. Ushinskiy, D.D.Semenov,D.N. Anuchin, Oberlender.


TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR





  1. Birinchi “Geografiya” kitobini qachon va kim tomonidan yaratgan?

  2. Qadimgi davlatlarda qaysi olimlar geografiya fanini va o’qitish metodikasini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan?

  3. O’rta asrlarda geografiyani va o’qitish metodikasini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlarni aniqlang va ularning qilgan ishlari haqida o’rtoqlaringiz bilan suhbatlashing.

  4. Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida o’qitish metodikasi bo’yicha qanday darsliklar yaratilgan?

  5. Oberlender geografiya metodikasida qanday metodlar ajratilgan?

  6. XX asrda xorijning qaysi davlatlarida geografiya ta’limi yaxshi rivojlandi?

III BOB. O’ZBEKISTONDA GEOGRAFIYA TA’LIMINING RIVOJLANISHI


O’zbekistonda jumladan, O’rta Osiyoda geografiya ta’limining rivojlanishi uzoq tarixga ega. O’rta asrlarda geografiya ta’limining markazi sharqqa ko’chgan. Mazkur davrning buyuk geograflarini asosiy qismini yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk o’zbek olimlari tashkil qiladi. Ularga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalar kiradi.




    1. XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining rivojlanishi


Mazkur davrda yurtimizda geografiya ta’limining rivojlanishi rus-tuzem maktablarining ochilishi va mazkur maktab o’quvchilari uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratilishi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida o’zbek tilida juda ko’p darslik va qo’llanmalar chop etildi. Ushbu davrda geografiya fanini rivojlanishi ma’lum bir omillarga bog’liq bo’lgan. Jumladan, Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan so’ng, uni boshqarish uchun rus tilini biladigan mahalliy millat vakillari zarur edi. Ikkinchi tomondan, XIX-arsning oxirlarida Turkistonda milliy uyg’onish davri boshlandi, ya’ni jadidchilik davrida millat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida yangi usul maktablari tashkil qilina boshlandi.


Mazkur maktablarda geografiya fanini o’qitishga alohida e’tibor berilgan. Jadidchilik davrida chop etilgan geografik darsliklar,qo’llanmalar yaratilish tarixi, O.Mo’minov (1986y), B.Qosimov (1999y), D.Alimova va D.Rashidova (1998y), X.Vaxobov va N.Alimova (2001 y) va boshqalar tomonidan o’rganilgan.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin