Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada Dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi.1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi ochildi. 1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib, Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi. 1519-1521 – yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab Dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor isbotladi. 1650-yili Golland olimi B.Vareniy “Umumiy geografiya” nomli asar yozdi. Mazkur asarda geografiya ikki qismga,ya’ni umumiy va xususiy qismlarga bo’ladi.
Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining
rivojlanishi
XVII-asrdan boshlab Yer yuzasi tabiatini o’rganish bo’yicha maxsus ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Geografik ma’lumotlarni yiqilishi va ularni umulashtirish asosida yirik ilmiy va amaliy natijalar olindi. XVII- asrning o’rtalarigacha geografiya alohida predmet sifatida o’qitilmas edi. Geografik bilimlar mamlakatshunoslik kurslari tarkibida berilar edi. Buyuk geografik kashfiyotlar va ilmiy geografik tadqiqotlar bosqichi natijalari ta’sirida geografiya faniga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Natijada XVII-asrning ikkinchi yarmidan boshlab G’arbiy Yevropa davlatlari maktablarida geografiya alohida predmet sifatida o’quv dasturiga kiritildi. XVIII- asrdan boshlab esa geografiya barcha maktablarda o’qitiladigan bo’ldi. XVIII-asrning boshlarida maktablarni ixtisoslashiga ko’ra geografiyaning ma’lum bir tarmog’i o’qitilar edi. Matematik – navigatsiya maktablarida matematik geografiya, boshqlarida esa siyosiy geografiya o’qitilar edi. Siyosiy geografiya asosan mamlakatlar tavsifidan iborat bo’lgan. XVIII asrning boshlarida I.Gyubner (1719) tomonidan“Yer sharini qisqacha tavsifi” nomli darslik nashr qilindi. Ushbu davrda yirik Golland olimi Vareniy “Bosh geografik ” nomli mashhur asarini yozdi.
asrning birinchi yarmida geografiya o’qitish metodikasi Gollandiya va Germaniyada rivojlandi. Juda ko’p darsliklar e’lon qilindi. Ammo mazkur darsliklarning mazmuni asosan geografik nomlar, ma’lumotlar va sonlardan iborat bo’lgan. O’quvchilar faoliyati ularni yodlab olishdan iborat edi.
Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida M.V.Lomonosov X.Chebotarevlar katta xizmat qilishdi. XVIII- asrning ikkinchi yarmida X.Chebotarev “Rossiya imperiyasini geografik va metodik tavsifi” nomli darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda geografiya ikkita sinfda o’qitilgan: III-sinfda umumiy geografiya, IV- sinfda Rossiya geografiyasi.
XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-sinfidan IX-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan. Geografiya predmeti bo’yicha haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan. Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov, K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geografiya predmeti o’rganilgan.
asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida K.D. Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muhim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy geografiya o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov “Уроки географии” ( Geografiya darslari) nomli darslik yozgan.
asrning oxirida geografiya tia’limini rivojlanishda nemis olimi Oberlenderning metodikasi katta o’rin tutadi. U ”Oberlender georafiya metodikasi” deb nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar ajratilgan:
analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini o’rganish;
sintetiya- avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay o’rganish;
konstruktiv-o’quvchilar harita chizish mobaynida Yer yuzasining asosiy shakllari bilan tanishadi;
bog’lovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalarga katta e’tibor berildi;
guruhlashtiruvchi bir xil geografik obyekt, hodisa va jarayonlarni guruhlarini qiyoslashga asoslanadi.
asrning boshlarida geografiya o’qitish metodikasini rivojlanishida D.N.Anuchin, N.Revskiy, A.Sokolyev, E. Petri, Ya.Rudnev, V.Budanov, S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mazkur olimlar tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va rivojlantirildi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik mamlakatlarida 9- yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich I-IV sinflar, ikkinchi bosqich VI-IX sinflar) geografiya ta’limining maqsadi va mazmuni o’zgaradi. 1921 yil
D.N. Anuchin tomonidan yagona geografiya dasturi ishlab chiqildi, bungacha har bir tuman va maktab o’zini dasturiga ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan III-sinfda o’z qishlog’i, shahri, tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat turli mintaqalarining tabiati; V sinfda “Qit’alar geografiyasi”, VI - VII sinflarda Rossiya geografiyasi, VIII sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya va astrologiya o’tilgan.
asrning 25-30 yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi. 1924 yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida fanlar o’tilmas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi. 1927 -28 yildan boshlab geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. 1934-yil 15 mayda
geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni sifati o’ta pastligi qattiq tanqid qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani uch bo’g’inga bo’lib o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3-sinfda o’z turar joyining tabiiy geografiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 6-sinfda qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi soatlar miqdori ko’paytirildi. “Географиya в shколе ” jurnali nashr qilina boshlandi. 1958- yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror qabul qilindi. Unda o’z o’lkasi geografiyasini o’rganishga katta e’tibor berildi. Ilmiy tekshirish institutlari tashkil qilindi,ularda geografiya metodikasi laboratoriyalari tashkil qilindi.
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darinskiy, I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr qilindi.
Dostları ilə paylaş: |