O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari
Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o’zgarib va qaytadan shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va geografiya o’qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish maktab geografiyasining tuzilishi, mazmunini va o’qitish metodlarini turlari bilan bog’liq. XX-asr davomida o’qitish maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davrda
(XXI-asr) ham geografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi munosabati bilan mazkur muammoga yanada ko’proq e’tibor berilmoqda.
Geografiya o’qitish metodikasi geografiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan o’quv, jarayonlar, tamoyil (prinsip)lar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur tamoyil va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab geografiya kursi bilan bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi.
Geografiya o’qitish metodikasining obyekti-mazkur o’quv fani bilan aloqador bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon.
Geografiya o’qitish metodikasining predmeti - geografik ta’limning maqsadi, mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.
Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi – geografiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etish.
Geografiya o’qitish metodikasining vazifasi – geografiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy etish. Shuningdek geografiya o’qitish metodikasi quyidagilarni ham o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi:
bo’lajak o’qituvchilarga geografik o’quv fanlar bo’yicha chuqur va atroflicha bilim berish;
maktab geografiyasining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish;
maktab geografiyasining mazmunini zamon talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish;
maktab geografiyasi mazmuni va tuzilishida zamonaviy fan yutuqlarini aks ettirish;
geografiya darslarini tuzilishi, o’lchamlari va turlarini yanada takomillashtirish;
geografiya o’qitishni yangi pedagogik va va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda qo’llash;
geografik ekskursiyalar, tadqiqotlar o’tkazish texnologiyasini yanada takomillashtirish;
o’quvchilarda amaliy geografik ko’nikmalarni shakillantirish texnologiyasini takomillashtirish;
o’quvchilarning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Geografiya o’qitish metodikasi talabalar va o’qituvchilarni o’qitish nazariyasi va tarbiyasi bilan qurollantiradi.