O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə137/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya darslarining tiplari


Geografiya darslari ta’lmni tashkil qilishning eng asosiy turlardan xisoblanadi. Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kirish darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi.




      1. Kirish darsi


Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya predmetlarini va yirik mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi.


Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: o’quv yilini boshida o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rganishdan olidin tashkil qilinadigan kirish darslari; chorak boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari.
O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi:

  • darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish;

  • darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, jadvallar);

  • darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish yirtmaslik, chizmaslik, yozmaslik va h.k.

Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish mumkin. “Boshlang’ich tabiiy geografiya” (5-sinf) kursida Yer qobiqlari bo’limini o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda quyidagii xolatlarga e’tibor bermoq lozim:

  • geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi;

  • har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq moddalardan, gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon moddalardan, biosfera esa tirik moddalardan iborat ekanligi haqida bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng o’quvchilar ongida Yer qobiqlari haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy tasavvurlar xosil bo’ladi.

Iqtisodiy geografiya darslarida ham xuddi shunday kirish darslarini tashkil qilish mumkin. Masalan, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi” kursida jahon xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi:

    • jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi;

    • jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi.

    • shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi. Transport va xalqaro iqtisodiy aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i quyidagi qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron.

Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga oshiriladi; bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik jihatdan tayyorlanadi; o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga nisbatan qiziqish uyg’otiladi.
Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni barcha elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish, ayrim xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa berish amalga oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi material o’tiladi, uyga vazifa berilmasligi ham mumkin.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin