O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiya darslarida predmetlararo aloqalarni aniqlash



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə134/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiya darslarida predmetlararo aloqalarni aniqlash. Geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy fanlar tizimiga kirganligi munosabati bilan qator
predmetlar bilan chambarchas bog’langan. Geografiya predmetining noyob va o’ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi atrof muxit to’g’risida, xo’jalik va ijtimoiy soxa bo’yicha turli xil bilimlarni umumlashtirishiga imkon beradi. Geografiya darslarida tarix, geografiya, ximiya, fizika, matematika fanlari bilan aloqalarni aniqlash va asoslab berish o’quvchilarni bilish faoliyatini jadallashtiradi.
Geografiya darslarida o’lkashunoslik tamoillariga amal qilish. Geografiya fani tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni bergani uchun unda o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanishni katta imkoniyatlari mavjud. Geografiya predmetlaridagi deyarli barcha mavzularni o’lkashunoslik tamoillaridan foydalanib o’rganish mumkin. Relyef mavzusini maktab atrofidagi relyef shakllari orqali tushuntirish mumkin, gidrosfera mavzusini maktab atrofidagi suv obьektlar misolida, qishloq xo’jaligi yoki sanoatni o’z yashayotgan joyi misolida o’tish mumkin. Mazkur tamoilni qo’llash geografik bilimlarni oson va tez o’zlashtirishiga xamda hamda o’quvchilarni o’z vataniga va yashab turgan joyiga mexr muxabbat ruxida tarbiyalashga yordam beradi.
Iqtisodiy ta’lim tamoyilini xisobga olish. Geografiya ayniqsa iqtisodiy geografiya darslarida o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish katta axamiyatga ega. Har bir xo’jalik tarmog’ini o’rganishda ularni iqtisodiy samarasi haqida bilimlar beriladi, shu bilan birga xom ashyo va tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish, o’z mulkiga va davlat mulkiga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish o’quvchilarni iqtisodiy tarbiyasini yuqori darajaga ko’tarishga imkon beradi.
Geografiya darslarida ekologik tarbiya berish. Geografiya fani atrof muxit va xo’jalik xaqida bilim beradigan yagona fan bo’lganligi sababli unda o’quvchilarga ekologik tarbiya berish katta imkoniyatlariga ega. tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlarini o’rganishda har bir mavzu bo’yicha ekologik bilim ta’lim va tarbiya berish mumkin. Ayniqsa O’rta Osiyodagi regional ekologik muammolarni yoritib berish yoki ulardan misollar keltirish katta axamiyatga ega.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin