O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


O’qitishning amaliy va ko’rgazmali metodlari



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə73/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O’qitishning amaliy va ko’rgazmali metodlari


O’qitishning amaliy va ko’rgazmali metodlarini kartografik metod hamda kuzatish va tajriba metodlariga ajratamiz.


      1. Kartografik metod


Kartalar geografiya ta’limida asosiy o’qitish vositalari bo’lib xisoblanadi. Geografik kartalardan o’qitishning barcha shakillarida foydalanish mumkin; dars berishda, amaliy ishlarda, mustaqil ishlarda, bilimlarni baholashda va x.k.




        1. Asosiy kartografik tushunchalar


Geografik haritalarda turli – tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun, ular juda xilma-xil bo’ladi. Haritashunoslikda quyidagi tushunchalar uchraydi:


Plan - joyning yirik masshtabda (5000va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo’lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi.
Harita- Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli belgilar bilan tekislikka tushurilgan tasviridir. Ular tabiiy va iqtisodiy- ijtimoiy voqea va xodisalar tasvirlanadi.
Aerofotosurat- samolyot yoki uchar asboblar yordamida olingag Yer yuzasini yoki uning bir qismining tasviridir. Ular orqali joyning tuzulishi, relyefi, o’simlik qoplami, yo’llari, qishloqlar, jihozlar va korxonalarning joylanishi aniqlanadi.
Kosmosurat - Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalari yordamida olingan tasvirdir. Ular fanning va halq ho’jaligining turli sohalarda
keng qo’llaniladi. Har bir plan, harita va kosmo va aerosurat ma’lum bir masshtabda tuzuladi.
Masshtab- bu haritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu chiziqqa mos keladigan haqiqiy uzunlikka nisbatdir. U haritadagi tasvir necha marta kichraytirilganini ko’rsatadi. Masalan, haritada daryoning uzunligi 1sm , haqiqiy uzunligi 10 km, yoki 1 000000 sm. Demak haritaning masshtabi 1: 1 000000 . Masshtablar sonli, chiziqli va so’zli bo’ladi. Sonli masshtab kasrdan iborat, uning surati 1- ga teng, maxraji esa haritada tasvir necha marta kichraytirilganni ko’rsatadigan son bo’ladi. Masalan, 1: 1 000 yoki ------ bu tasvirni ming marta kichraytirilganligini ko’rsatadi. Chiziqli masshtab - bu teng bo’laklarga bo’lingan to’g’ri chiziqdir. Har bir bo’lak qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo’yiladi. So’zli masshtab haritadagi 1sm masofa haqiqatda qanchaga tengligini ko’rsatadi. Masalan 1sm 10km ga teng.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin