Umumta’lim maktablarida kartalarni tuzilishin tushutirish o’quvchilarga o’rgatish geografik bilimlarni egallashda muhim o’rin tutadi.
O’quvchilarni geografik kartalarni tuzilishini tushuntirishga o’rgatish uchun joyda amaliy ishlar olib boriladi, joy rejasi bilan ishlanadi, gorizontallarni o’qish bo’yicha amaliy ishlar bajariladi, daraja to’ri bilan mashq qilinadi, turli kartalar solishtiriladi, nuqtalarni geografik kordinatalari aniqlanadi, turli masshtablar bilan mashq qilinadi va x.k.
Kartalarni tushunishini eng yaxshi yo’li joyni o’rganish va uni kartada qanday tasvirlanganligini aniqlashdir. Bundan tashqari globusdan kartaga o’tish, rejadan geografik kartaga o’tish orqali ham geografik kartalarni tuzilishini tushunishga yordam beradi. Mazkur usullar yordamida o’quvchilarni daraja to’ri, kartografik yiriklashtirish (generalizatsi) va geografik kartalarni tushuntirishga imkon beradi.
Joyda va sinfda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar (yo’nalishlarini aniqlash, masofani o’lchash va ularni chizmada tasvirlash hamda ularni joy rejasiga tushirish) o’quvchilarni geografik kartalarda xaqiqatda borliq va xodisalar tasvirlanganligiga ishonch xosil qilishiga undaydi.
Geografik kartalarni tuzilishini tushunishga faqat joyda olib borilgan ishlargina emas, balki joyning xomaki rejasi bilan ishlash ham yordam beradi. Bunday ishlar o’quv sayoxatlari, turistik poxodlarda va joyda amaliy ishlar olib borganda bajariladi.
O’quvchilar yirika masshtabli kartalarni tuzilishini gorizantallarni o’qish bo’yicha olib boriladigan mashqlarda, topografik kartalar yordamida relyefni tasvirini tushirish jarayonida joyni rejasini tuzish davomida o’rganishadi.
O’z yashash joyini tuzilishi va joy rejasini o’rganish davomida o’quvchilar asta- sekin yirik va mayda masshtabli kartalarni tuzilishini anglay bolashadi. Ular topografik va geografik kartalarni solishtirish asosida joy rejasi va geografik karta o’rtasidagi farqlarni tushuna boshlashadi.
O’quvchilar kartografik andozalarni (proektlarni) turlarini o’rganish davomida geografik haritalardagi xatoliklar va ularning miqiyosini tushuna boshlashadi, xatoliklarni qanday sodir bo’lishini o’quvchilar tushunishi uchun globusdagi va ma’lum bir haritadagi borliqni o’lchami solishtiriladi. Masalan,Chukotka yarim oroli yoki Grelandiya orolini globusda va haritada tasvirini solishtiradi. Ularning tasviri kartada globusdagiga ko’ra kattaroq tasvirlangan, ana shu farqlarning asosiy sababi kartalardagi xatoliklar ekanligi tushuntiriladi. Masalan, globus Yerning kichiklashtirilgan modeli hisoblanadi, shuning uchun unda geografik borliq xatosiz tasvirlanadi, karta esa globusning tekislikka yoyish natijasida hosil bo’lgan shuning uchun uning chekka qimsmlarida xatoliklar katta bo’lishi tushuntiriladi.
Kartalarning daraja to’ri, meridianlar va paralellar o’rganib bo’lingandan so’ng o’quvchilar geografik kordinatalar bilan mashq qilishadi. Buning natijasida ular har qanday nuqtani geografik o’rnini topishni o’rganishadi va daraja to’rini ahamiyatini anglashadi, bundan tashqari ular daraja to’ri meridian va parallelarga qarab yo’nalishi va masofani aniqlashni o’rganadi. O’quvchilar nuqtani geografik koordinatasini aniqlashni yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun hayotdan misollar keltirish lozim. Masalan, o’z shahrini, yoki tumani markazini koordinatalarini aniqlash, O’zbekistonni chekka nuqtalarini, eng baland va eng past nuqtalarini koordinatalarini aniqlash.
Harita masshtabi bilan ishlaganda o’quvchilar geografik borliqni kichrayish yoki kattayishi darajalari bilan tanishishi lozim. Buning uchun avval yirik, o’rta va mayda masshtablar haqida tushunchalarga ega bo’lmoqlari lozim. Shundan so’ng har xil geografik borliqni, masalan CHorbog’ suv omborini kengligi va uzunligini aniqlashlari lozim. O’quvchilar geografik kartada masofani taxminan aniqlashlari uchun ayrim geografik borliqni uzunligini aniqlab uning yordamida kerakli masofani topishlari mumkin. Masalan, Saxalin orolini uzunligi 1000 km, shundan foydalanib Osiyodagi joylarni uzunligini topish mumkin. Biror joyni uzunligini topish uchun Saxalin orolini xayolan joylashtiriladi va masofa aniqlanadi. Masalan, uzunligi aniqlangan joygacha 2 ta Saxalin oroli sig’sa demak uning uzunligi 2000 km ekan.
Bundan tashqari daraja to’ridan foydalanib ham masofani o’lchash o’quvchilar o’rganmog’i lozim. Buning uchun 10 yoyning uzunligini bilish kifoya. Meridian bo’yicha 10 yoyning o’rtacha uzunligi 111 km. agar ikki nuqta orasidagi masofa 100 bo’lsa u kmda quyidagicha ifodalanadi: 10.111=1110km.