O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə80/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi


Geografik bilimlarni egallashda chiziqli kartalar bilan ishlash muhim o’rin tutadi. Ular geografiya ta’limining barcha shakllarida qo’llanilishi mumkin. Chiziqli haritalar bilan ishlash geografik nomlarni o’quvchilar tomonidan yaxshi eslab qolishga imkon beradi.


Chiziqli haritalar bilan ishlash samarali bo’lishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim: kartaning nomi yirik harflarda uning yuqori qismida yoziladi; o’quvchining ismi sharfi va sinfi kartasining quyi o’ng qismiga yoziladi(mayda harflar bilan); geografik borliq nomlari bosh harflar bilan yoziladi; daryo, tog’ tizmalari, qo’ltiqlar va dengizlar nomi ularning yo’nalishi bo’yicha yoziladi; shaharlar, ko’llar nomlari kengliklar bo’yicha yoziladi; foydali qazilmalar, xalq xo’jaligi tarmoqlari umum qabul qilingan shartli belgilar yordamida belgilanadi:
Sinf sharoitida chiziqli haritalar qalam bilan bo’yaladi, uy sharoitida esa tush yoki siyox bilan bo’yaladi. Chiziqli haritalarni to’ldirish devoriy kartalar va atlasdagi kartalar bilan ishlash bilan uyg’unlikda olib boriladi. O’qituvchi dars o’tish jarayonida geografik borliqni devoriy kartada ko’rsatib ularni atlasdan topishni va chiziqli haritaga shartli belgilar bilan tushirishni tavsiya etadi. Kartada geografik borliqni tushirish uchun mo’ljal bo’lib daraja to’ri, daryolar, shaharlarning punsonlari, qirg’oq chizig’i, chegaralari hisoblanadi.
Chiziqli karta bilan bajariladigan har bir yangi ish o’qituvchi yordamida amalga oshirilishi zarur. O’quvchilar chiziqli kartaga tushirishni yaxshi o’rganib olgandan so’ngina ularga mustaqil ishlashga ruxsat berish mumkin.
Chiziqli kartaga tushiriladagan geografik nomlar soni chegaralangan bo’lmog’i lozim. Chiziqli karta bo’yicha o’quvchilarga murakkab bo’lgan vazifalarni bermagan maqul. Masalan, atlasdagi ma’lumotlarni chiziqli kartaga tushirish. Chiziqli kartalarga faqat dasturda uchraydigan geografik nomlarni tushirish lozim.
Chiziqli kartalar bilan ishlash ijodiy yo’nalishga ega bo’lmog’i va o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi lozim. Umum ta’lim maktaktablarida chiziqli kartalari bilan quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
-chiziqli kartalarga geografik borliq, xodisa va jarayonlarni nomlarini tushirish. Mazkur geografik nomlar darslik matnida uchrashi mumkin, o’qituvchi dars jarayonida kartadan ko’rsatgan bo’lishi mumkin, boshqa kartalar bilan mustaqil ishlash aniqlangan bo’lishi mumkin;
-geografik (tabiiy va iqtisodiy) borliq va xodisalarning shartli belgilarini chiziqli kartaga tushirish. Mazkur ish o’qituvchi yordamida bajariladi.
-o’qituvchini darsni gapirib berishi davomida chiziqli haritalarni to’ldirish. Bunday ishlar asosan yuqori sinflarda bajariladi. Bunda o’quvchilar shartli belgilarni to’la o’zlashtirgan bo’lishlari shart;
-tog’ tizmalarini, shamollarni, yuk tashish oqimlari, migratsiya yo’nalishlari, yo’llarni, oqimlarni yo’nalishlarini karta sxemalarini tuzish;
-chiziqli haritaga iqlim elementlarini tushirish, yog’in miqdorini ranglar bilan shamol yo’nalishini strelka bilan tasvirlash;
-chizikli kartaga tuproq turlarini tushirish. Ko’proq materiklar tabiiy geografiyasini o’rganishda qo’llaniladi;

      • chiziqli kartaga foydali qazilmalarni tushirish. Bunda o’quvchilar foydali qazilmalarni shartli belgilarini yaxshi bilishi zarur;

      • chiziqli kartaga aholini ko’rsatgichlarini tushirish (zichligi, milliy tarkibi, urbanizatsiya darajasi, til va kasb, jinsiy tarkibi va x.k.);

      • chiziqli kartada sanoat tarmoqlarini ko’rsatish (yoqilg’i-energitika, metallurgiya, mashinasozlik, transport yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, va x. k.);

      • chiziqli kartada qishloq xo’jaligi tarmoqlarini tasvirlash (dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va x.k.);

      • chiziqli kartada mamlakatlarni tasvirlash (rivojlangan, rivojlanayotgan, o’tish iqtisodiyotiga ega).

O’quvchilarni chiziqli karta bilan ishlashini o’qituvchi muntazam ravishda nazorat qilib borishi zarur. Bajaradigan vazifalar muntazam baholanib bormog’i lozim.
Chiziqli kartalar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va siyosiy
geografik yo’nalishda bo’ladi o’quvchilar aynan mavzuga doir chiziqli kartadan foydalanmog’i lozim, aks holda ularni chiziqli kartalar bilan ishlashi qiyinlashadi va ular berilgan vazifani bajara olishmaydi.



        1. Yüklə 496,71 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin