texnologiyasi
Kartografik tasavvurlarni shakillantirish geografik bilimlarni o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Kartografik tasavvurlar quyidagi usullar yordamida shakllantiriladi: geografik borliq, voqea va xodisalarni kartada ko’rsatish; geografik voqea va xodisalarni nomlarini yozish; geografik borliq, voqea va xodisalar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish; didaktik materiallardan foydalinish; geografik diktantlar tayyorlash; turli xil karta chizmalarini chizish; chiziqli kartalar bilan ishlash; globus va turli xil kartalar bilan ishlash.
Geografik tasavvurlarni shakillantirshdan maqsad o’quvchilar tomonidan geografik obyektlar va ularni nomlarini hamda joylarini mustahkam o’zlashtirishdir.
Kartografik tasavvurlarni shakillantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
Kartalar haqida tasavvur hosil qilish;
Dunyo kartasi , yarimsharlar kartasi, materiklar va okeanlar kartasi, tabiiy geografik o’lkalar va jahondagi davlatlar kartalari. Kartalar geografik borliq, voqea va xodisalarni kichraytirilgan tasviri ekanligi haqida tasavvurlarni shakillantirish;
Kartalarning masshtablari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Masshtab bilan ishlash yo’llarini tushuntirish. Kartalarni masshtabiga ko’ra yirik, o’rta va mayda masshtabli kartalarga bo’linishi haqida tasavvurlarni shakillantirish. Kartalar masshtabi qancha mayda bo’lsa undagi borliq, voqea va xodisalar shuncha kichraytirib tasvirlanishi haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Geografik kartalarning shartli belgilari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Shartli belgilarning turlari va ularni o’qish va ulardan foydalanish texnologiyasini shakillantirish. Shartli belgilar asosida turli xil kartalarni o’qish, o’lchash ishlari olib borish, ko’nikmalarni shakillantirish.
Geografik kartalarning matematik asosi (ekvator, meridian, parallel, daraja to’ri, geografik kenglik va uzunlik, geografik kordinatalar) va ulardan foydalanish texnologiyasini hosil qilish;
Geografik nomenklaturani o’qitish va aniqlash texnologiyasidan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish. Geografik nomenklaturani va geografik obyektlarni Yer yuzasida joylashishini bilmasdan o’quvchilar karta bilan ishlay olishmaydi va o’qituvchi dars jarayonida berilgan bilimlarni o’zlashtira olmaydi. Kartografik tasavvurlar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning asoslarini o’zlashtirishda va har bir insonni amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Kartografik tasavvurlarni shakillantirish geografik ma’lumotlarni o’rganish davomida amalga oshadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning xotirasini turli xil turlariga suyansa (eshitish, ko’rish, harakat, so’z, mantiq) katta natija beradi.
Geografik nomenklaturani o’rganishda fazoviy tasavvurlarni shakillantirish muhim o’rin tutadi. Geografik nomenklaturani o’rganishni ikkita muhim guruhga ajratishimiz mumkin: tabiiy geografik, iqtisodiy-ijtimoiy geografik. Tabiiy geografik nomenklaturaga tog’lar, tekisliklar, daryolar, ko’llar, okeanlar, dengizlar, qo’ltiqlar, bo’g’izlar, okean osti tog’ tizmalari, cho’kmalar, vulkanlar, botqoqlar, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, muzliklar, materiklar, qit’alar, o’lkalar nomlari kiradi. Iqtisodiy geografik nomenklaturaga davlatlar, shaharlar, portlar, harbiy bloklar, sanoat rayonlari, foydali qazilma konlari, ko’mir, neftь, gaz havzalari nomlari kiradi.
Kartografik tasavvurlarni shakillantirishda geografik yozma (diktant) ishlar muhim o’rin tutadi. Bunda o’qituchi bergan ma’lumotlar asosida geografik yozma ishlar tuzish kartalar yordamida turli xil chizmalar yoki karta- chizmalar chizish katta ahamiyatga ega. Dars davomida o’qituvchi so’zlagan geografik voqea va xodisalarni (tog’lar, daryolar, shaharlar) chiziqli kartaga tushirib borish va x. k.
Dostları ilə paylaş: |