O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə57/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni - bu belgilangan maqsadga muvofiq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan munosabatlar majmuasidir. Sifatni ta’minlash jarayonlari ta’limga jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishga qaratilgan xarakatlardir. Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi bir qancha omillarni keltirish mumkin. Bu omillar amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida turli yondashuvlar asosida bayon qilingan. Fikrimizcha, ta’lim sifatini ta’minlash jarayonini ichki va tashqi omillarga bo‘lish mumkin
Birinchi navbatda ichki omillarni ko‘rib chiqamiz. Ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi va moliyalashtirilishi o‘quvtarbiyaviy jarayonni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini va ishlanmalarni yaratish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlar, mashina va qurilmalar, laboratoriyalar, axborot resurs markazi fondi bilan ta’minlanganligi asosida belgilanadi. Bunda moliyalashtirish hisobiga zamonaviy o‘quv laboratoriya xonalari va jihozlari hamda adabiyotlari
bilan ta’minlanishi va yangilanib borilishi ta’lim sifatini ta’minlashga yuqori darajada ta’sir etadi.
O‘quv-uslubiy ba’za, o‘quv dasturlari hamda adabiyotlar sifati davlat ta’lim standarti talablari doirasida o‘quv-uslubiy manbaalar, dasturlar va adabiyotlar bilan ta’minlanganligi asosida belgilanadi. O‘quv dasturlari davlat ta’lim standarti talablariga javob berishi bilan birga ularning mazmunini innovatsion xarakterda bo‘lishi bilan ham baholanadi. O‘quv dasturlari va adabiyotlari mazmuni va sifati ta’lim sifatini oshirishni ta’minlovchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash ko‘p jihatdan professor o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati hamda kasbiy kompitentligiga bog‘liq. O‘qituvchilar fanni o‘quvchilarga yetkazib bera olishi darajasi ta’lim sifatini ta’minlashda asosiy kuch hisoblanadi. Ta’lim muassasasi rahbariyatining innovatsion faolligi va ta’lim muassasida innovatsion jarayonlarni tatbiq etilishi bevosita ta’lim jarayonini zamon talablariga mos ravishda boshqarish, boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari bilan baholanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin