O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Monitoringni o‘tkazish rejalarini amalga oshirish, natijalarni to‘plash bosqichlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə69/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Monitoringni o‘tkazish rejalarini amalga oshirish, natijalarni to‘plash bosqichlari:
Dastlabki tanishuvlarni o‘tkazish, tegishli yo‘riqnomalar berish.
Suhbatlar o‘tkazish, so‘rovnomalarga javoblar olish.
Vazifa, topshiriqlarni berish va sinovlarni o‘tkazish.
Natijalarni aniqlash, to‘plash, joyida kuzatish va tahlillar o‘tkazish.
Monitoringni bajarish jarayoniga umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish.
Maktabdagi turli jarayonlar monitoringini amalga oshirishda har bir jarayonning maqsadi, unga erishganlik natijasi va sifati hisobga olinadi.


Natijalarni tahlil qilish, xulosa chiqarish, tavsiyalar tayyorlash bosqichi:
O‘tkazilgan monitoring bo‘yicha to‘plangan natijalar monitoringdan ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq ravishda hamda o‘rganilgan masalaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foizlarda, miqdoriy ko‘rsatkichlarda yoki bajarilganlik darajasini ko‘rsatuvchi so‘zlar vositasida ifodalanadi. Bu natijalarni tahlil qilishda asosiy mezonlar tegishli me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilgan talablar (masalan, DTS talablari)ga asoslaniladi.
Bunda olingan natijalarni shu o‘rnatilgan talablar asosidagi mezonlarga qiyoslash, umumlashtirish, o‘rtacha va yakuniy ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali tahlil qilinadi. Buning uchun turli usullardagi hisoblashlar, matematik statistika hamda mantiqiy usullar (analiz, sintez, deduksiya, induksiya) va boshqalardan foydalaniladi.
Amalga oshirilgan tahlillar asosida olingan yakuniy natijalar monitoring mavzusi bo‘yicha masalalarning o‘sha vaqtdagi holatini aks ettiradi. Ular asosida shu masalalarning bajarilganligi darajasi to‘g‘risida tegishli xulosalar chiqariladi.
Shu xulosalar asosida ma’lum bo‘lgan sifat va samaradorlik darajasini hisobga olgan holda ularni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar beriladi. Zarur hollarda, masalaning ko‘lamiga muvofiq ravishda, bunday tavsiyalar asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar (chora-tadbirlar)ning aniq rejalari, ijrochilar va muddatlari ko‘rsatilgan holda ishlab chiqiladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin