O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ish bajaruvchilar ishini operativ taqsimlash



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə8/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ish bajaruvchilar ishini operativ taqsimlash
Amaliyotdan ko‘rinib turibdiki, xodimlarning ish vaqtini samarali rejalashtirilishi menejerlarning ish faoliyatini tartiblashtiradi, xodimlarning ish samaradorligi oshiradi, kutilmagan vaziyatlarda ikkilanib qolishlarni oldini oladi: xom ashyo olib kelinishining buzilishi, texnikaning buzilishi va shu kabi muammolar.
Kundalik ishni operativ tashkil etilishida, menejer xodimlarga ertangi kungi ishlarni zaruriy va 2 darajalilarini ajratib taqsimlab beradi. Menejer tomonidan xodimlarga taqdim etilgan topshiriqlar uning ish daftariga yozib boriladi. Bunda xodimning ish boshlash vaqti qisqartiriladi, menejerning ish faoliyatida ortiqcha jarayonlarga vaqti qisqartiriladi. Asosiy topshiriqlar bajarila olinmaydigan vaqtda xodim menejerga bu xaqda xabar berishi lozim. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, ish tugagan vaqtda menejerga xabar berish kerak. Bu masalani menejer yordamchisi orqali, yoki yozma bayonot orqali yetkazishi mumkin.
Bo‘sh vaqtni boshqarish
Taym-menejment nafaqat ish balki dam olish vaqtini ham samarali tashkil etishga yordam beradi. Imkoni boricha ishni uyga olmaslik, kam vaqt ichida ko‘proq ish faoliyatini amalga oshirishga intilishga harakat qilish kerak. Amerika tashkilotlarida agar xodim belgilangan vaqtdan ko‘proq ishda qolib ketsa, bu uning ishdan xaydalishiga xam olib kelishi mumkin, chunki xodim o‘z vaqtida ishini amalga oshira olmaganini bildiradi. Faol dam olish uchun dam olish kunlarini kutmasdan, ish kunining kunlarini xam belgilash kerak ish bo‘yicha komandirovkalarda ish vaqtidan so‘ng shu davlatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rishga borish lozim. Dam olish vaqtida telefon, televizor, internet kabi vositalardan foydalanish vaqtini belgilash va ungan amal qilish.
Vaqtdan unumli foydalanish qoidalari
: "Intercom" kompaniyasining vitse-prezidenti yordamchisi Megan Sheridan (Megan Sheridan) odamlar vaqt va uni taqsimlash masalasiga shunaqangi ko‘p e’tibor ajratadilarki, bu bilan o‘z yalqovliklarini yashirishga harakat qiladilar, degan fikrni bildirmoqda. Demak, mazkur maqolada Meganning ushbu mavzuga oid hikoyasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Vaqt insonni chegaralovchi vosita emas, muvaffaqiyat yo‘lidagi to‘siq bu o‘zimizdir.
Vaqtni rejalashtirish va diqqatni jamlash, albatta, juda muhim, ammo ular muvaffaqiyatga erishishga ta’sir ko‘rsatishi zarur. Mazkur ta’sirni chegaralovchi omillar bizga va o‘zga insonlarga har doim ham yaqqol ko‘rinavermaydi.
Vaqt g‘olib bo‘ldi, deb hisoblash keng tarqalgan muammolardan biridir. Doimiy bandlik - bu jangning yakunidir.
Kun davomida u yoki bu vazifani hal etayotgan tarzda emayl yozish va o‘ta "band" bo‘lish mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri yondashuv. Chunki yuzma-yuz ko‘rishib, 10 daqiqa ichida muammoni hal etish mumkin. Datlabki holatda, siz vaqtingizni behuda sarflayapsiz, ikkinchisida esa ta’sir ko‘rsatayapsiz. Bema’no ish bilan band bo‘lish - dangasalik qilishdir.
Aniqroq aytganda, ish va faoliyat charchash hamda asabbuzarlikka olib kelishi kerak emas. Ta’sir ko‘rsatish esa - imkoniyat, talablar va vaqtni aniq baholash deganidir.
Yondashuvingizni qayta anglashga harakat qiling. Ish mukammal darajada bajarilmasa, qisqa vaqt ichida juda ko‘p ishni bajarishdan ne foyda?
Barqarorlik unda nimadan iborat? Juda g‘alati, ammo barqarorlik vaqt bilan belgilanadi. Vaqt ob’ektiv, ya’ni siz undan qanday foydalanishingizdan qat’iy nazar, bir haftada 168 soat bor. Hisoblab ko‘ring: sutkada 7 soatni uyquga sarflaysiz, bir haftada 55-60 soat esa ishga ketadi. Dam olish esa o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq vaqtni olar ekanmi? Ana shunaqa!
"Ish"ga oid qismni ko‘rib chiqamiz. Sizning ta’sir o‘tkazishingiz 55-60 soatli davrga taqsimlanadi. Lavozimingiz va kompaniya uchun ahamiyatingizdan qat’iy nazar, siz butun bir ishning muayyan qismisiz. Qo‘pol qilib aytganda, siz muayyan majburiyatlarga ega bo‘lgan, talab va taklif doirasida bo‘lgan tovarsiz. Tabiiyki, barqaror va arzirli natijalar ko‘rsatishga harakat qilayotgandirsiz, buning uchun sizga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan bir necha omillar bilan tanishing.
Sifatmi yoki miqdor? Yo unisi, yoki bunisi. Bu tanlov bilan qayta va qayta to‘qnashasiz. Javob esa savolning o‘zida namoyon. Sifat va mahsuldorlik bir-birini inkor etmaydi. Ta’sir ko‘rsatish san’at emas. Bu bor-yo‘g‘i faoliyat va uning foydaliligi o‘rtasidagi muvozanatdir.
Buning uchun shunday misol keltirishimiz mumkin. "Starbucks" mijozlarning "bizga ko‘proq kofe kerak" qabilidagi istaklarini hisobga olgan holda ichimliklar uchun 916 ml. lik ulkan trenta (trenta) nomli stakan ishlab chiqishdi. U oddiy ichimlik idishidan 55 foizga ko‘proq va inson oshqozoni bir martada sig‘dira olishi mumkin bo‘lgandan 16 ml. ga ko‘proq. Mantiqan olib qaraganda, kompaniyaning mijozlar talablariga bunday giper va ko‘p harajat talab etuvchi reaksiyasi karikaturadan boshqa hech narsa emas. Ammo biz ko‘p hollarda aynan shu bilan shug‘ullanamiz. Biz vazifalarni bo‘rttirib yuboramiz, allaqachon bajarilib bo‘lingan ishga kuch va vaqtimizni sarflaymiz.
Bunday xulq-atvor esa yuqori xarajatlarga olib keladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin