O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə9/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Vaqtni boshqaring
Ish kuningiz nimadan iborat ekanligini bilish uchun, kun tartibini tuzib chiqing. Uni boshqalarga ham ko‘rsating. Ish bilan band bo‘ladigan paytlaringizni aniqlab oling.
Vazifalar ro‘yxatini yozib boring. Buning uchun esa "Todoist", "TickTick", "Any.DO" va ilovalardan foydalaning.
O‘z vaqtingizni nimaga sarflayotganingizni bilish uchun ishlaringizni kuzatib boring. Masalan, "Reporter" ilovasi hayotingiz tarixini saqlab boradi va uni tahlil qiladi. Siz bu ma’lumotni tezda yig‘ib olishingiz mumkin.
Qanday ishlarga bundan ikki baravar kam vaqt sarflab, ko‘proq yutuqlarga erishishingiz mumkinligi haqida doimo tahlil qiling va o‘zingizdan so‘rang.
Ishlarni yaxlit butunligicha rejalashtiring. Kunlik rejangizda yolg‘iz ishlashga ham vaqt qoldiring.
Rejangizni tadbir, majlis kabi kutilgan va kutilmagan tadbirlarni hisobga olgan holda tuzing. Bu esa mazkur tadbirlar orasida kuchingizni joriy vazifalarga qaratishingizga yordam beradi. Shunday qilsangiz muvaffaqiyatga ta’sir ko‘rsatayotganingizni his qilasiz.


Diqqatingizni boshqaring
Bir vaqtning o‘zida faqat bitta ishga e’tiboringizni qarating.

Eslatmalarni o‘chirib qo‘ying. Aynan shu paytda kerak bo‘lmagan barcha dastur va ilovalarni yoping, chunki ular sizni chalg‘itadi.


Mazmunga ega bo‘lmagan qarorlar qabul qilish zaruriyatidan xalos bo‘ling. Misol uchun, Mark sukerberg barcha tadbirlarga faqat bitta futbolkada borar ekan, bu esa nima kiyish yoki yeyish kabi tanlovlarga kuch ketkazishni tejaydi. Haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsaga ta’sir o‘tkazib ko‘ring.
Vaqti-vaqti bilan ma’muriy ishlarni qo‘lga oling va joriy ishlarni uzib qo‘ying. Pochta bilan ertalab va kechqurun, uyga ketishdan avval ishlang.
Komandani boshqaring
Sizning tashrifingiz majburiy bo‘lmagan tadbirlarga bormang. Har doim kelmasangiz, o‘zlari barchasining uddasidan chiqa olish-olmasliklarini aniqlang.
Ishga oid tadbirlarda sizga qay darajada zarur bo‘lsa, shuncha ishtirok eting. Sizga tegishli mavzu yopilganda, o‘rningizdan turib, ketishga ruxsat so‘rashga uyalmang.
Uchrashuvlar davomiyligini belgilang va unga amal qiling. Masalan, "Google Calendar"da muzokaralarga 30 daqiqa ajratgan bo‘lsangiz, undan bir daqiqa ham ortiq vaqt sarflamang.
Vaqt tugasa, muzokaralarni to‘xtating. Uchrashuvlar tayyorgarlik va diqqat-e’tiborni talab qiladi. Agar unga 5 daqiqa vaqt ajratgan bo‘lsangiz, suhbatdosh ana shu vaqt davomida ulgurishi kerak.
Ta’sir o‘tkazish vaakumda sodir bo‘lmaydi. Sizdan o‘zga hech kim salohiyatingizni amalga oshira olmaydi.
Vaqtdan unumli foydalanish esa tartib-intizom, o‘z-o‘zini nazorat qilish va vaqt qadrini anglashni talab etadi. Siz o‘z vaqtingizning egasiga aylanib, uni boshqarishingiz darkor. Diqqatingizni himoya qiling va yuz foizlik e’tibor bilan ishlang.
Mazkur maslahatlarga bir hafta davomida amal qiling, keyin esa yana qaytaring.
Kuch va iste’dod sizni uzoqqa olib boradi, ammo ta’sir ko‘rsatish va diqqat-e’tibor esa butun yo‘l bo‘ylab siz bilan birga bo‘ladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin