O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə6/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ish vaqtini boshqarish
Ish vaqti — ishlarni bajarishga ajratilgan vaqt yoki ish faoliyatini bajarishda ish joyidagi faoliyat. Real ish vaqti bu tabelda belgilangan ish vaqti hisoblanadi.
Ish vaqtidan foydalanish tahlili
  • ish vaqtidan foydalanishning ekstensiv koeffitsienti


Ke = (F — R)/F = 1— R/F,


Bunda F — ish vaqti fondi, daq;
R — ishdagi belgilangan yoki belgilanmagan tanaffuslar, daq.
  • Hodimlarga bog‘liq bo‘lgan ish vaqtining yo‘qotilishi koeffitsienti


Kp = Pz/F,


bunda Pz — Hodimlarga bog‘liq bo‘lgan ish vaqtining yo‘qotilishi, daq.
  • Hodimlarga bog‘liq bo‘lmagan va tashkiliy texnik sabablarga asoslangan ish vaqtining yo‘qotilish koefitsenti


Kp = Po/F,


bunda Po — Hodimlarga bog‘liq bo‘lmagan va tashkiliy texnik sabablarga asoslangan ish vaqtining yo‘qotilish, daq.
  • Hodimlarning dam olishlari va shaxsiy extiyojlariga ish vaqtlarini sarflashlari koeffitsenti


Kol = OL/F,


bunda OL — Hodimlarning shaxsiy extiyojlariga ish vaqtlarini sarflashlari (tushlik vaqti, ishlab chiqarish gimnastikasi, gigiena va x.k.), daq.
Ish vaqti yetishmasligi
Ish vaqtining yetishmasligi— xodimlarning ishini noto‘g‘ri tashkil etilishi yoki boshqaruvni savodsiz tashkil etish natijasida ish vaqtini qisqartirish, ishlarni bajarishdagi kechikishlar, ishlarning sifatsizligi, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va boshqalarni keltirib chiqaradigan vaqtinchalik mablag‘lar etishmasligi, natijada samaradorlik va butun korxonaning natijalari.
Menejerning vaqt yetishmasligi bo‘yicha xavotirlari quyidagilar bo‘yicha aniqlashtirish mumkin:
  • Ushbu kunga aniq kun tartibining yo‘qligi;


  • Yordamchi yoki sekretar o‘z rahbarining kundalik ish tartibini va qaerda bo‘lishini bilmasligi;


  • Menejerning ishi ko‘pligida xatlarga o‘z vaqtida javob qaytara olmasligidan;


  • Ish vaqtining yetishmasligi sababli menejer ishlarini uyda davom ettirishiga to‘g‘ri kelishida;


  • Telefon qo‘ng‘iroqlari va tashqaridan keluvchilarning asosiy ishga xalaqit berishlari;


  • Menejer o‘z xodimlarining ishlarini xam bajarishida, chunki uning fikricha ishlarni o‘zi atrofdagilardan ko‘ra yaxshiroq bajaradi;


  • Asosiy ishdan ko‘ra ikkinchi darajali ishlarning ko‘pligidan;


  • Doimiy shoshilinchda bajariladigan ishlar tez toliqishga olib keladi.


  • Vaqt yetishmasligining asosiy xarakteristikalari:


  • Ishning rejalashtirilmasligi, faqatgina menejer ishining rejasizligini emas balki butun tashkilot ishining rejasizligini bildiradi;


  • Hodimlarning egallagan lavozimlariga mos emasligi;


  • O‘z imkoniyatlari, ish samaradorliklarini noto‘g‘ri baholanishi;


  • Xodimlarning shaxsiy ishini yo‘qligi;


  • O‘z ehtiyojlarini nazorat qila olmaslik;


  • Sust ishlab chiqarishni keltirib chiqaruvchi motivatsiyaning past darajasi.


Mutaxassisning ish vaqtini rejalashtirilishi


Rejalashtirish ish vaqtini tartibga keltirish va maqsad sari intilishni bildiradi. Amaliyotdan ko‘rishimiz mumkinki, 10 daqiqa vaqtni kunni rejalashtirishga ajratib bir kunda 2 soatgacha vaqtni tejash mumkin ekan.
O‘z vaqtini samarali taqsimlash uchun menejer avval o‘z funksional vazifalarini to‘g‘ri aniqlab olishi kerak. Rejalashtirishda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish juda muhim.
  1. Kundalik ish rejasini tuzishda 40% vaqtni bo‘sh qoldirish kerak. Ya’ni, 60 % asosiy ish uchun, 20% kutilmagan ishlarga va 20% to‘satdan yuzaga kelgan ishlarga qoldiriladi;


  2. Sarf qilingan vaqtni doimo belgilab borish kerak. Bunda doimo qanday va nimalarga sarf etilganini belgilash muhim. Shunda menejer vaqtini nimaga va qancha sarflaganini bilgan holda keyingi ishini rejalashtirishi osonroq kechadi;


  3. Ish faoliyatini samarali rejalashtirishda ishlarni birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalilariga ajratib olinishi juda muhim;


  4. Rejalashtirishning asosiy tamoillari: doimiylik, tizimlilik, ketma ketlilik;


  5. Ish faoliyatini rejalashtirishda menejer o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholagan holda ishlarni taqsimlashi kerak.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin