1-amaliy topshiriq Keys bayoni. Har qanday pedagogik faoliyatning samaradorligi uning natijasi yoki natijalari bilan o‘lchanadi. Shaxs faoliyati, bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashda muayyan mezonlarga tayanib ish ko‘riladi. Mezonlarning ishlab chiqilishi faoliyat, bilim, ko‘nikma va malakalarning ob’ektiv, xolis baholanishini ta’minlaydi.
Keys topshirig‘i. Pedagoglarning innovatsion faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqing.
O‘qituvchining yechimi: Pedagoglarning innovatsion faoliyatini baholash mezonlari
Holat
Mezonlar
Pedagogning innovatsion faoliyati
Pedagogning innovatsion faoliyati
1. Yangiliklardan izchil xabardor bo‘lish.
2. O‘z fani bo‘yicha yangiliklarni yaratish xohishiga egalik.
3. O‘zlashtirgan yoki o‘zi asoslangan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etishda qat’iyatlilik ko‘rsatish.
4. O‘z faoliyatida innovatsiyalarni faol qo‘llash
2-amaliy topshiriq O‘z-o‘zini hamda hamkasbini baholash xolisona o‘tkazilishi hamda o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan rivojlanishiga xizmat qilish lozim.
O‘z-o‘zini hamda hamkasbini baholash metodini amaliyotga joriy etish 3 ta bosqichdan iborat.
1-bosqich: Baholash varaqasi 350 ballik (o‘zining bahosi 175 ball, hamkasblarining bahosi 175 ball) tizimda o‘qituvchining o‘zi, so‘ngra esa ikkinchi qismi maktab direktori, direktorning o‘rinbosarlari, maktab kasaba uyushmasi raisi, o‘qituvchi dars berayotgan fan metod birlashma rahbari va hamkasblari tomonidan birgalikda to‘ldiriladi. Baholash o‘qituvchining rivojlanishiga xizmat qilishi maqsadida ob’ektiv amalga oshirilishi shart.