Umumta’lim muassasasining oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi
Pedagog kadrlarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘rganiladi va belgilangan yuqori balga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:
KB=(KPKT*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KPKT – pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi.
5
2.
Rahbar tomonidan xodimlarning samarali mehnat qilishlari va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi
Ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish hamda joyida o‘rganilib, so‘rovnomada qatnashganlarning necha foizi ijobiy fikr bildirishgan bo‘lsa, belgilangan yuqori ballga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:
KB=(KShShYa*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KShShYa – shart-sharoit yaratilganligi bo‘yicha ijobiy fikr bildirganlar ko‘rsatkichi.
rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma’lumotlar yangilanib turilgan bo‘lsa - 5 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma’lumotlar yangilanmagan bo‘lsa - 2 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilmagan bo‘lsa - 0 ball berish orqali baholanadi.
5
4.
Umumta’lim muassasasida pedagog kadrlar, ta’lim oluvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘lom muhit yaratilganligi
Umumta’lim muassasasining kuzatuv kengashi:
tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati me’yoriy hujjatlarga mos ravishda olib borilayotgan bo‘lsa - 5 ball;
tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati me’yoriy hujjatlarga mos ravishda olib borilmayotgan bo‘lsa - 2 ball;
tashkil etilmagan bo‘lsa - 0 ball berish orqali baholanadi.
5
5.
Rahbarning ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, rahbarlik qobiliyati, kasbiy va lavozim vazifalarida belgilangan vazifalar bo‘yicha bilimini aniqlash
Onlayn usulda 30 ta test savollaridan iborat sinovlar tashkil etish va har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan berish orqali baholanadi.