O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə99/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Инновацион фаолият – янги ижтимоий талабларнинг анъанавий меъёрларга мос келмаслиги ёки янги шаклланаётган ғояларнинг мавжуд ғояларни инкор этиши натижасида вужудга келадиган мажмуали муаммоларни ечишга қаратилган фаолият

Ta’limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.


«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkrtchyanning bu haqdagi fikri dikqatga sazovar: – «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi».
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo‘lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;


  • me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;


  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;


  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;


  • o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilish-­


larini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.


Ta’lim muassasasida pedagogning innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun “Innovatsion muhit” shakllangan bo‘lishi kerak, ya’niy pedagogik jamoda umuman ta’lim muassasida ijodiy, samimiy do‘stona sharoit, unda pedagog-o‘qituvchi o‘zini erkin xis qila olishi va jamoda ichki intilish moddiy-ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘ladi. U muhitda pedagog-o‘qitiuvchi ijodiy fikr yuritishga, intilishga yo‘naltiriladi. Natijada innovatsion jarayon- yangilikni kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimini yangi sharoitlarga ko‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Adabiyotlarda pedagogning innovatsion faoliyatiga qo‘yidagicha yondashilgan. Ular qo‘yidagilardir (2-rasm).


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin