O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


-rasm. Pedagogning innovatsion faoliyatiga yondashuv turlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə100/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

2-rasm. Pedagogning innovatsion faoliyatiga yondashuv turlari.
Pedagogning innovatsion faoliyatining yondashuvi turlariga qisqacha to‘htalib o‘tamiz.

Акмеология (akme– юнонча: “ олий нуқта”, етук, энг яхши давр”) – ривожланаётган инсоннинг ижодкорлик, кашфиётга интилиш, касбий фаолиятининг етуклик поғонасини ўрганиш соҳасидир.

Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv pedagogning kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochishi mkonini beradi.




Креативлик (лот., инг. “create ” – яратиш, “creative” – яратувчи, ижодкор) – индивиднинг янги ғояларни ишлаб чиқаришга тайёрликни тавсифловчи ва мустақил омил сифатида иқтидорлиликнинг таркибига кирувчи ижодий қобилияти


Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi.


“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) pedagog-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
2) talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin