Kasbiy faoliyatni baholash. Bu-ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
O‘qituvchining individual qobiliyati. Bu- ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat’iyatlik, o‘ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.
3. Pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning ta’lim tizimidagi muammolari Ta’limda ro‘y berayotgan islohotlar chuqur o‘zgarishlar ta’lim tizimining demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi ta’limni boshqarish tizimining yangilanishi ta’lim sifatiga bo‘lgan ob’ektiv talabi pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek shaxsning pedagogik faoliyatga yo‘nalganligi to‘g‘risida qator olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan, jumladan, “Shaxsning pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqi”, “Bolalarga bo‘lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati”. Demak, shaxsning pedagogik faoliyatga yo‘nalganligi uning dunyoqarashi, pedagogik kasbiga qiziqishi, u bilan shug‘ullanishga bo‘lgan layoqati bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda ta’limdagi innovatsion harakatlarning xususiyatini o‘rganmagan, ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyatning mohiyatini tushunmaydigan, innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng egallamagan o‘qituvchini zamonaviy pedagog, yetuk mutaxassis deb hisoblab bo‘lmaydi.
Pedagog-o‘qituvchi innovatsion faoliyatining rivojlanishi – bu ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biridir.
Ta’limdagi innovatsion jarayonlarning tadqiq etishda innovatsiyalar va o‘qituvchining ijodiy faoliyatiga tegishli (yangilikni baholash me’zonlari, an’analar va innovatsiyalar, inovatsion sikl xususiyatlari, o‘qituvchining innovatsiyalarga bo‘lgan munosabati va h.k.) nazariy-metodologik xarakterdagi bir qator muammolar ilgari surilmoqda. Ko‘pincha olimlar o‘z tadqiqotlarida o‘qituvchi (pedagog)larni innovatsion faoliyatga tayyorlashning ma’lum bir aspekti bilan shug‘ulanganlar:
Masalan:
Ta’lim sohasidagi yangiliklarni tatbiq etish muammolari;
O‘qituvchi (pedagog)ning innovatsion faoliyatidagi tadqiqot komponentlarining o‘rni;
O‘qituvchining innovatsion faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy muammolarni, ommaviy va shaxsiy madaniyatning bir-biriga o‘tishini, individual va jamoa uyg‘unligini yoritib berishi;
o‘qituvchining kiritilgan yangiliklarga bo‘lgan munosabatlarining asosiy motivlarini, o‘quv jarayonida pedagogning yangi texnologiyalarni foydalanish tayyorgarligi va motivatsion muammolari;
O‘qituvchining innovatsion faoliyati va refleksiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari;
Ta’lim tizimiga pedagogik innovatsiyalarni tadbiq etishning psixologik muammolari;