216
tomonidan tashkil qilinar edi. Masalan. “Globus” geografiya jamiyati yoshlar
kulubini tarkibida keng tarqalgan edi.
Geografiya to’garagiga qaraganda geografiya jamiyatida a’zolar ko’proq
bo’ladi va uning faoliyati turli tumanligi bilan ajralib turadi.
Geografiya
jamiyatining maqsadi o’quvchilar orasida va maktab joylashgan hududa geografik
bilimlarni tashviqot qilishdan iborat. Geografiya jamiyatida o’quvchilar
izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanadi.
Geogafik izlanuvchanlikda o’quvchilar kutubxonadagi mavjud xujjatlarni
o’rganishadi, ya’ni arxiv materiallari,
foto rasmlar, davriy nashriyot materiallari,
amaliy va ilmiy-ommabop adabiyotlar,
statistik materiallar, geografik haritalar,
rasmlar va kartinalarni o’rganishadi.
Geografik izlanishda maxalliy aholidan so’rov o’tkazish ham katta ahamiyat
kasb etadi. Izlanuvchanlikda kuzatish katta o’rin tutadi. Bunda
tabiat, tabiat hodisalari, ishlab chiqarish jarayoni kuzatiladi. Izlanuvchanlikda eski
va yangi haritalarni solishtirish ham muhim natijalarni berishi mumkin.
Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquvchanligini
oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda ularni tadqiqot
o’tkazish usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng ularda tadqiqot o’tkazish
uchun mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda o’quvchilar
matematik,
kartografik usul bilan hamda geografik asbob-uskunalar, jihozlar va jihozlar bilan
ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda
olib borilaishi mumkin: joyni tuprog’ini o’rganish va haritaga tushirish; joydagi
antropogen landshaftlarni o’rganib ularni
geografik haritaga tushirish, joydagi
ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.
Dostları ilə paylaş: