218
Geografik kechalarda quyidagi mavuzalarda ishlar uyushtirilishi mumkin:
alohida viloyat, tuman yoki shaharning iqtisodiy geografik sharoiti; shahar yoki
tumanning ekologik muammolarri; shahar yoki tumandagi demografik muammolar
va h.k.
20.4. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo’nalishalari
Sinfdan tashqari ishlar juda xilma xildir. Ayrim sinfdan tashqari ishlar ko’p
xollarda bir birini qaytaradi. o’lkashunoslik; ilmiy- Shuning uchun ular ma’lum bir
yo’nalishlar bo’yicha guruhlashtiriladi: turistik bilish;
madaniy va oqartuv;
mehnat; muzey; nashriy (Yu.I.Valishina, 1985 y.)
Turistik o’lkashunoslik yo’nalishi.
Ushbu yo’nalishga sayoxatlar, o’quv
ekskursiyalari, gegrafik ekspeditsiyalar, geografik yig’inlar (slyotlar) kiradi.
Gegrafik yurishlar (poxodlar) turistik o’lkashunoslik ishlarining eng keng
tarqalgani hisoblanadi. Mazkur yurishlarda turistik va o’lkashunoslik
ishlar
uyg’unlashgan xolda olib boriladi. Turistik ishlarga yo’nalishni tanlash va ishlab
chiqish, turistik ko’nikmalarni egallash kiradi.
O’lkashunoslik ishlariga esa o’z yashash joyining tabiatini, xo’jaligini,
tarixini, madaniy yodgorliklarini o’rganish kiradi.
Yurishga tayyorlanish va o’tkazish quyidagi bosqichlardan iboarat:
- tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda yurishga chiqadiganlar soni, sinfi,
ro’yxati aniqlanadi. Yurishda zarur bo’ladigan jihozlar asbob uskunalar aniqlanadi
. yurishlar bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin;
-yurish yo’nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo’nalish bo’yicha yurish ,
dam olish
joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi; oziq-ovqat masalalari hal
qilinadi;
- yo’nalishni tanlash yurish maqsadiga qarab aniqlanadi. Yurishni maqsadlariga
qarab turistik va o’lkashunoslik anjomlari ro’yxati tuziladi va topiladi;
- yurishni o’tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi vazifalari hamda qoidalari
haqida o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Har bir
guruhning boshlig’i tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi. Masalan,
bir guruh
mashrutni tabiiy sharoitini o’rganadi. Relyef shakillari gidrografik obyektlar,
tuproq , o’simlik va hayavonot dunyosi asosiy landshaft turlari, noyob tabiat
obyektlari o’rganib boriladi. Ikkinchi guruh esa mashrut bo’yicha
joylashgan
iqtisodiy geografitk obyektlarni o’rganib boradi: qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi,
sanoat korxonalari, aholi punktlari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy
obidalar, rekratsion va turistik obyektlarni o’rganib haritaga tushirib borishadi;
- yurish so’ngida uning natjalari qayta ishlanadi va xisobot natijalari geografik
konferentsiya yoki geografiya to’garagi yig’ilishida muhokama qilinadi.
Geografik ekskurtsiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning asosiy
shakllaridan biri xisoblanadi.
Geografik ekskurtsiyalar qisqa muddatli ya’ni bir kunli bo’lib
va asosan
tabiatga va sanoat korxonalariga uyushtiriladi. Geografik ekskurtsiyalarning
maqsadi o’quvchilarni nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash, tabiatni va ishlab
chiqarishni faqat ko’rib qolmasdan ularni tadqiq etish ko’nikmalarini
219
shakllantirishdir. Har qanday geografik ekskursiya uch qismdan iborat bo’ladi:
ekuskurtsiyaga tayyorgarlik; ekuskurtsiyani o’tkazish;olib boriladigan ishlarni
yakunlash. Ekskursiya natijalari bo’yicha xisobotlar
tuziladi va geografiya
to’garagi yig’ilishda himoya qilinadi.
Geografiya ekspeditsiyalar murakkabroq mudati nisbatan kattaroq bo’lgani
uchun maktabda uncha keng tarqalmagan. Geografik ekspedettsiyalarni
o’tkazishni murakkabligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: ekspedettsiyaning
maqsadini ishlab chiqish; ilmiy topshiriqlarni ishlab chiqish yoki olish, jihozlar va
anjomlarni olish; o’quvchilarni turistik va geografik nuqtai nazardan tayyorlash,
ekspedittsiyani o’tkazishini tashkiliy jihatdan murakkabligi.
Umumta’lim maktablarida ekspedittsiyalar dorivor o’simliklarni
aniqlash
va belgilash, ichimlik suv zaxiralarini qidirish, rekratsion va turistik
imkoniyatlarini aniqlash va baholash bo’yicha olib borilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: