TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLARI 1.
Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini tahlil
qiling.
2.
Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darsliklarining tuzilishini o’rganib
chiqing.
3.
Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari darsliklarining
metodik jihozlanishini tahlil qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr almashing.
4.
Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari kompetensiyalariga
xos jihatlarni ajrating.
5.
Atofimizdagi olam va Tabiatshunoslik o’quv fanlari yuzasidan VENN
diagrammasi tuzing.
X BOB. TABIIY GEOGRAFIYA KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI Umumiy o’rta ta’lim maktablarida oq’itiladigan tabiiy geografiya fanlar tizimi
“Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi”, “Materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasi”, “O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” kabi o’quv
fanlarini o’z ichiga oladi.
10.1 . Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida Tabiiy geografiya
boshlang‘ich kursi o’qitiladi. Ushbu fanidan ta’lim berish uning ilm-fan
taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va
kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy
hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy
o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy
e’tiborni o‘quvchilarningyosh psixologikxususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim
olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish
imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi