61
-
Geografiya fani va uning rivojlanishi, Yer sayyorasi, joy plani va geografik
haritalar, geografik qobiqlar, inson va tabiat haqidagi
tizimli va majmuali
bilimlarni tarkib toptirish;
-
joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish;
-
hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik
madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
-
turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
obyekt hamda hodisalarni tavsiflash, geografik haritalar, statistik va grafik tavsiflar
bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
-
geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini
kengaytirish;
-
o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida
tarbiyalash.
Geografiya o‘quv fanini o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer,
Quyosh, ob-havo, fasllar,
Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish,
shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat
hodisalari, mamlakatimiz tabiati haqida boshlang‘ich tavsiflar beriladi.
Fanni
o‘rganishning ikkinchi davri umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfidan
boshlanib, o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika, biologiya, kimyo,
matematika fanlarida o‘rganiladigan mavzularga zamin yaratadi.
Tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti geografik qobiq (epigeosfera)dir.
Geografik qobiq bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan yer po’sti,
atmosferaning quyi qatlamlari, okean va materik suvlari, tuproqlar,
o’simliklar hamda hayvonlardan tarkib topgan. Geografik qobiqning ayrim
tarkibiy
qismlari, uchastkalari yoki komponentlarini o’rganish bilan tabiiy
geografiyaga yaqin va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan fanlargeologiya,
geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya,
tuproqshunoslik, biogeografiya
shug’ullanadi. Geografik qobiq-bir butun tizim sifatida, uning tuzilishi,
rivojlanishi va o’ziga xos xususiyatlari hamda asosiy qonuniyatlari tabiiy
geografiyaning umumiy yer bilimi deb ataluvchi bo’limida o’rganiladi.
Geografik qobiqni tahlil
qilish uning bir butunligini, uni tashkil etuvchi
komponentlarning hamda unda ro’y beruvchi tabiiy jarayonlarning o’zaro
aloqadorligi va bir-biriga bog’liqligini ko’rsatadi. Biroq geografik qobiq bir
butunligi bilan birga, makonda, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga farq qilishi
bilan ham harakterlidir.
Geografik qobiqning umumiy qoniniyatlari umumiy o’rta ta’lim
maktablarida
5-sinf Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida o’qitiladi.
5-sinf “Geografiya” o‘quv kursida Quyosh, Oy va yulduzlar, Yer sayyorasi,
uning shakli va o‘lchamlari, o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi,
ularning
sayyoramiz tabiati va insoniyat hayotiga ta’siri, joy plani va geografik
haritalarning masshtabi, geografik koordinatalar, Yerning qattiq (litosfera), suv
(gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlari va ularni tashkil
euvchi tabiiy obyektlarning
eng muhim xususiyatlari, inson va tabiiy muhit