64
holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etilgan
bo’lib, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va
o‘quvchilarning bilim olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va
mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi:
o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar,
jahon va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va
tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlab
chiqarishni ratsional tashkil etish, global va regional muammolar haqida
tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini
amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari:
-
Yer sayyorasi, O‘zbekiston Respublikasi tabiati, aholisi hamda iqtisodiyoti
haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;
-
joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish;
-
hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining
mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik
madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
-
turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
obyekt hodisalarni tavsiflash, geografik haritalar, statistik ma’lumotlar bilan
ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
-
geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning iqtisodiy va siyosiy fikrlash
doirasini kengaytirish;
-
o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftixor, fuqarolik mas’uliyati ruhida
tarbiyalash.
11.2.
Dostları ilə paylaş: