72
- diagramma va chizmalarni tahlili asosida xulosalar qilishni o’rgatish.
Masalan, havo harorati chizmasini tahlil qilganda oylik va yillik o’rtacha harorat,
eng yuqori va eng past harorat haqida xulosalar qilinadi. Yoki bo’lmasa ma’lum
mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab yalpi
mahsulot miqdori
bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin.
Statistik jadvallar bilan ishlash texnologiyasi.
Jadvallar maktab
geografiyasida keng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy
va ijtimoiy geografiya
kurslarida.
Shu munosabat
bilan maktab geografiya darsliklarida
keltirilgan jadvallarni
quyidagi yirik ikki guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografiya kurslarida
keltirilgan
jadvallar; iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida keltirilgan
jadvallar.
Tabiiy geografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida beriladi.
Masalan. 7-sinf geografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar berilgan:
O’rta Osiyodagi eng baland cho’qqilar; O’rta Osiyodagi eng chuqur botiqlar; yirik
daryolar; ko’llar; suv omborlari; qo’riqxonalar; yirik konlar.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida jadvallar juda keng qo’llaniladi,
shuning uchun ularda matnda va ilovada ham jadval berilgan.
Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi:
- jadvalni nomini o’qish;
- jadvaldagi ko’rsatgichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish;
- jadvallarni qatorlarini va ustunlarini nomlarini o’qish;
- qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish;
- jadvalda berilgan ma’lumot haqida xulosa qilish.
Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat:
- o’qituvchi ijtimoiy iqtisodiy geografiya kurslarida
jadvallarni ahamiyatini
tushuntiradi va jadvallarni tuzish haqida ma’lumotlar beradi;
- jadvalni o’lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. O’lchov birliklarini
natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi;
- shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi.
Qaysi
hollarda ustundagi, qaysi hollarda qatordagi raqamlarni o’qish tushuntiriladi.
Jadvalni qatordagi raqamlarini unda mamlakatlarning maydoni berilganda o’qiladi;
- o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar berish.
Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy hisoblar olib borish ko’nikmalarini
ham shakllantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri
keladigan aholi soni,
jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik harorat va h.k.
Dostları ilə paylaş: