91
izlanuvchan va izlanuvchanlik metodlari bevosita mustaqil mashg’ulotlar
jarayonida bajariladi. Mustaqil mashg’ulotlar odatda o’quvchilarni topshirig’iga
binoan o’qituvchini ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asosiy
belgilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob; yozma ish; chizma ishlari;
kartografik ishlar va x.k.
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi:
muammoli yoki ijodiy.
Bir qolipdagi vazifalar reproduktiv metodga kiradi. Bunda o’quvchilardan
o’xshash o’quv jarayonida bir qolipdagi savollarga javob berish talab etiladi.
Iqtisodiy yoki muammoli vazifalarni yechish
qisman izlanuvchan va
izlanuvchan
metodlar
yordamida
amalga
oshiriladi.
Mazkur
metodlar
o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va
mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi vazifalar yangi bilimlarni olishga va
ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga imkon beradi.
O’qitish metodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va o’qish
jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish
darajalari orqali
amalga oshiriladi. Geografiya o’qitish metodidagi o’zlashtirish darajalari 6-
jadvalda keltirilgan.
Geografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari
(L.M.Pancheshnikova)
Dostları ilə paylaş: