O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Iqtisodiy geografiya.
1. Toshkentda Farg’ona vodiysiga quriladigan temir 
yo’l magistralini loyixasini tuzing. Bunda qanday tabiiy va iqtisodiy omillar 
mavjudligi va ularni qanday hisobga olishni asoslab berish. 
2.O’zbekiston dunyo okeaniga chiqadigan. Masalan, gidrosfera mavzusini 
o’tmasdan avval o’quvchilarga tog’ va materik muzliklari haqida muammoli 
vaziyatlarni qo’yib bo’lmaydi, yoki bo’lmasa atmosfera mavzusini o’tmasdan turib 
shamollar haqida muammoli vaziyatni tashkil qilib bo’lmaydi.
Ijodiy fikrlarning birinchi bosqichi bo’lib muammoni aniqlash va uni 
shakllantirishdir. Muammoni ifoda qilishni shakillari bo’lib muammoli savol, 
muammoli masala, muammoli vazifa hisoblanadi. Muammoli o’qitishning asosiy 
belgisi bo’lib muammoni yechish orqali o’qitishdir. 
Har bir geografiya kursi bo’yicha muammoli vazifalar tizimi ishlab 
chiqilmog’i lozim. Ular didaktik maksadlarga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linishi 
mumkin: yangi mavzuni o’rganish; bilimlarni nazorat qilish; olingan bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash.
Geografiya pridmetlarining barchasi bo’yicha muammoli vazifalar tizimini 
tuzish mumkin. Masalan, yonbag’irlardagi o’rmonlar kesilsa tabiatda qanday 
o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin? 
13.3.4.Muammoli o’qitish metodi 
 
Muammoli o’qitish metodi deb o’quvchilarni o’qituvchi tomonidan ular 
uchun yangi bo’lgan geografik muammolarni yechishga jalb etishga aytiladi. 


93 
Muammoli metodlar bayon, qisman izlanuvchan va izlanuvchan
metodlar hamda o’zlashtirish darajalari bilan tanishgandan so’ng zamonaviy 
o’qitish tizimining tarkibiy qismlaridan bo’lgan muammoli o’qitish metodiga 
o’tishi mumkin.
Muammoli o’qitishning asosiy shartlaridan biri muammoli faziyatni tashkil 
qilish hisoblanadi. Muammoli vaziyat deganda yechilmishi o’quvchilar uchun 
qiyin tuyilgan va uni yechish uchun yangi izlanish va yondashishlarni talab 
qiladigan muammoga aytiladi. Muammoli vaziyatni vujudga kelishi o’quvchilar 
uchun qiyin tushuniladigan holat bilan bog’liq bo’ladi. Agar mazkur vaziyatni 
tahlili davomida o’quvchilar uning moxiyatini tushunib yetishga va uni yechish 
yo’llarini topmasa muammoli vaziyat muammoga aylanadi agar vujudga kelgan 
muammoli vaziyatini yechishga o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari yetishmasa 
unda muammoli vaziyat yechilmaydi va muammoli dars emas muammoli bayon 
shaklida o’qituvchini o’zi yechib beradi. 
Hozirgi davrda o’quvchilarni mustaqil ishlariga katta e’tibor berilmoqda 
ammo shunga qaramasdan muammoli o’qitishga ancha sust darajada e’tibor 
berilmoqda.
O’qitish jarayonida ijodiy metodlarni va muammoli o’qitishni qo’llash 
geografiya o’qituvchilarining asosiy metodi bo’lib qolishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin