O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktab geografik kartalarining turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
13.4.1.2.Maktab geografik kartalarining turlari. 
 
Maktab geografik haritalarining boshqa haritalardan farqi ularni 
o’quvchilarni yoshi va rivojlanishiga moslab chiqarilishidir. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari uchun oddiyroq, tushunishi va o’qishi oson bo’lgan kartalar 
chiqariladi, yuqori sinflar uchun esa murakkabroq haritalar nashr qilinadi. 
Umumta’lim maktablarida qo’llaniladigan haritalarni quyidagi guruhlarga 
bo’lishimiz mumkin: devoriy haritalar; darsliklar ichidagi haritalar; atlaslar
globuslar; chiziqli kartalar. 
Mazmuniga ko’ra devoriy maktab haritalari juda xilma xil bo’ladi: tabiiy; 
iqlimiy; tuproq, o’simlik; zoogeografik; geologik; foydali qazilmalar; iqtisodiy, 
siyosiy, sanoat; qishloq xo’jaligi, transport va x.k. Ular turlicha bo’lgani bilan, 
umumiy o’xshashlikka ham ega. Ularning barchasi sinfda foydalaniladi, 
o’quvchilarning uzoqdan ko’rishiga moslashga bo’ladi, ya’ni masshtabi katta 
bo’ladi. Mazkur haritalar yordamida o’quvchilar o’rganishda amaliy va mustaqil 
ish bajarishda va ma’lum bir savollarga javob berishadi.. 
Shuning uchun ular yaxshi ko’rinishga va katta aniqlikka ega bo’lgan 
o’lchamda bo’lishi lozim. 
Kartalarning turiga ko’ra ularning o’lchamlari turlicha bo’ladi. Dunyo 
haritalari, alohida materiklarning haritalari hozirgi vaqtda 1,5x1,8m o’lchamda 
chiqarilmoqda. O’zbekiston va O’rta Osiyo haritalari ham deyarli mazkur 
o’lchamda chiqarilmoqda. 
Kartalar aniq va ravshan ko’rinib turishi lozim. Ulardagi geografik voqea va 
borliqni o’quvchilar 5-6 m dan aniq ko’ra bilishlari lozim. Buning uchun kartada 
eng muhim narsalar aks ettiriladi. Masalan, daryo tasvirlanayotganida uning asosiy
qismi va eng yirik irmoqlari ko’rsatiladi, mayda irmoqlari esa 
ko’rsatilmaydi. Karta ravshan ko’rinib turishi uchun ranglar yaxshi tanlanishi 
lozim. Ranglar bir- biridan keskin ajralib turishi lozim. Devoriy haritalarga 
qo’yiladigan yana bitta talab chiroyli bo’lishidir. Agar karta chiroyli va aniq qilib 
ishlangan bo’lsa o’quvchilar ularni oson o’qishadi va tushunishadi. 
Maktab kartalarida relyef asosan turli qalinlikda rang berish bilan amalga 
oshiriladi. Past tekisliklar to’q yashil, tekisliklar esa och yashil, balandliklar och 
jigarrang, o’rtacha tog’lar jigarrang, baland tog’lar esa to’q jigarrangda beriladi. 
Karta geografik nomlar bilan to’lib qolmasligi kerak. Unda faqat 
o’quvchilarni yoshi va bilimi darajasiga mos bo’lgan yozuvlar bo’lmog’i lozim. 
Boshlang’ich sinf haritalarida geografik nomlar kamroq va yirikroq yozilishi, o’rta 
va yuqori sinflarda ularning soni ko’payib va o’lchamlari maydalashib borishi 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin