103
Globus Yerning kichraytirilgan modeli bo’lganligi
uchun unda geografik
haritalarda uchraydigan xatoliklar bo’lmaydi. U teng masshtabli, tengburchakli va
teng maydonli bo’lgani uchun unda tasvirlangan geografik borliq, voqea va
xodisalar to’g’ri va aniqligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun globuslar umum
ta’lim, o’rta va oliy ta’limning deyarli barcha predmetlarini o’rganishda albatta
qo’llaniladi.
Globus yordamida o’quvchilar ongida jahondagi
yirik hududlarning tasviri
o’lchamlari va maydoni haqida to’la va aniq tasavvurlar shakillanadi. Faqat
globusdagina daraja to’ri xech qanday xatoliklarsiz tasvirlanadi, paralellar va
meridianlar orasidagi masofa joydagi masofaga mos keladi.
Globusdan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik
hamda amaliy geografiya
kurslari darslarini o’tkazishda keng foydalaniladi.
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni o’rganishda globusdan
foydalanish mumkin:
- Yerning shakli va o’lchamlari;
- daraja to’ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik kengliklar
va uzunlik;
- Yerning o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari;
- eng muhim ekspeditsiyalar, sayoxatlar yo’nalishi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida
quyidagi mavzularni globus
yordamida o’tish mumkin:
- jahon siyosiy haritasi;
- qit’alar va alohida mintaqalar haritasi;
- mamlakat maydonlarini, chegaralar uzunligini aniqlash;
- quruqlikda va suvda yo’llarni yo’nalishi va uzunligini aniqlash.
Globusdan tabiiy geografiya kurslarida ko’proq foydalaniladi.
Yerning shakli va o’lchamlarini tabiiy geografik globuslarda o’rganish
mumkin. Bunda Yerning dumaloqligi va uning og’irligi oson tushintiriladi.
Yerning maydoni, aylanasining uzunligi globus masshtabidan foydalanib
aniqlanadi. Masalan globusning masshtabi 1:40 000 000 bo’lsa globusdagi 1 sm
oraliq Yer yuzasidagi 400 km ga teng ekanligi o’quvchilarga tushuntiriladi.
Shundan so’ng globusning ekvator bo’yicha uzunligi santimetrlarda yoki
santimetrlarga bo’lingan matoli metr bilan aniqlanadi. Santemetrda o’lchangan
globusning aylanasining uzunligi globus masshtabiga ko’paytiriladi. Masalan,
globus aylanasining uzunligi 100 sm bo’lsa unda globus aylanasining
(ekvatorning) uzunligi 100sm x 400 = 40 000 km. Huddi shu taxlitda sinf
o’quvchilarining
yarmi ekvatordan shimoldagi, yarmi ekvatordan janubdagi
paralellarni uzunligini aniqlashi mumkin. Bunda ular ekvatordan shimol va janub
tomon paralellarni uzunligini kamayib borishini va qutblarda ular eng qisqa
ekanligini bilib olishadi.
Daraja to’ri, paralellar, geografik uzunlik
va kenglik tushunchalarini
shakillantirishda ham globus katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda har bir
tushuncha masalan ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita globusda
ko’rsatilib tushuncha xosil qilinadi. Masalan, Yer sharini teng ikkiga bo’lib
turadigan, uni o’rtasidan o’tkazilgan chiziqqa ekvator deb ataladi deb o’qituvchi
globusdan ekvatorni joylashishini ko’rsatadi va undan Shimoliy va janubiy
104
qutblargacha so’ng
meridian, parallel, geografik koordinatalar tushunchalari xosil
qilinadi va tegishli mashqlar o’tkaziladi.
Yerni o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatish uchun
globus va lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida aylantiriladi va
yoritish mintaqalarini xosil bo’lishi tushuntiriladi. Globusni o’z o’qi
atrofida
aylantirib tong, tush, kech va qorong’u tushunchalarini ko’rsatish mumkin. Mazkur
ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil bo’lishini tushuntirishga imkon beradi.
Mazkur tajribalar yordamida Quyosh nurlarini Yer yuzining turli joylarida
turlicha burchaklarda tushishini ya’ni ekvator atroflariga tik, qublarga borgan sari
tushish burchagi kamayib borishini va buning oqibatida Yer yuzasining turli joylari
turli miqdorda issiqlik olishini hamda qutblarda yarim yil to’xtovsiz quyoshni
botmasligi yoki chiqmasligini tushuntirish mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muhim ekspeditsiya va sayoxatlar
yo’nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va okeanlar
geografiyasini o’rganishda foydalanish mumkin. Masalan, Amireka qit’asini kashf
qilinishi va tekshirish tarixini o’rganish davomida X.
Kolumb ekspeditsiyasi
yo’nalishlarini aniq va to’la tushintirish mumkin.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko’proq jahon siyosiy
haritasini o’rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini aniqlashda, dengiz va
quruqlikdagi yo’llarni yo’nalishi va uzunligini aniqlashda,
yirik iqtisodiy va
siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan portlarni aniqlashda ishlatiladi.
Bundan tashqari globuslar alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar siyosiy
haritasini va ularda davlatlani joylashishini va ularni o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganishda ham ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: