O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 
13.4.2. Kuzatish va tajriba 
 
 
Tabiatda va ishlab chiqarish jarayonida bevosita olib boriladigan kuzatishlar 
bilim olishning muxim manbalaridan biri xisoblanadi. 
Geografiya bilimlarni berishning yana bir shakli bu tajriba metodidir. Bunda 
o’kuvchilar tabiatda kuzatib bo’lmaydigan voqea va hodisalarni labaratoriya yoki 
sinf sharoitida tajriba yordamida ko’rishada va o’rganishadi. 
Ko’zatish
deganda tabiiy sharoitda geografik borliq, voqea va hodisalarni 
ma’lum bir maqsadli yo’nalishlarda o’quvchilar tomonidan qabul qilish tushiniladi. 


106 
Tajriba
deganda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini suniy 
sharoitda amalga oshirish va o’rganish tushuniladi. 
Kuzatish metodini ko’proq maktab hovlisida, o’quv sayohatlari jarayonida 
o’tkaziladi. Tajriba metodi geografiya ta’limida juda kam qo’llaniladi. Bu 
geografiya kabenetlarida tegishli asbob-uskunalarning yo’qligi, geografiya 
o’kituvchilarining tajribasizligi va uni ximya, fizika o’kituvchilari bilan yaxshi 
aloqada emasligi tufayli sodir bo’ladi. 
13.4.2.1.Kuzatish metodi. 
Kuzatish davomida o’quvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni 
bevosita ko’rishadi va kuzatishadi. O’quvchilarni kuzatish jarayonida olgan 
bilimlariga asoslanib o’qituvchi ularni har geografik borliq, voqea va hodisalarni 
mohiyatiga tushunishni o’rgatadi. O’quvchilarning kuzatishga asoslangan bilimlari
puxta va chuqurligi bilan ajralib turadi. 
Kuzatish sinfda , geografiya maydonchasida, o’z shahri yoki qishlog’i 
chekkasida, o’z viloyati vat umani doirasida o’tkazilishi mumkin. 
Geografik kuzatishlar mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
Astranomik; meteorologik va fenologik.
Astranomik kuzatishlar. 
Astranomik kuzatishlar quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 
- Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish; 
- yulduzlar va sayyoralarni kuzatish; 
- qutub yulduzlarini aniqlash; 
- Oy fazalarini aniqlash; 
- imkoniyat bo’lsa observatoriyadagi asboblar bilan tanishish; 
- planetalarga sayohat. 
Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish. Quyoshni chiqishi va botishini 
sinfdan tashqarida yani maktab xovlisida kuzatish mumkin. Bevosita dars 
jarayonida quyoshni chiqishi va botishini kuzatib bo’lmaydi. Quyoshni chiqishini 
kuzatish uchun avval kalendardan ertalab Quyoshni chiqish vaqtini aniqlash lozim. 
Iloji boricha Quyoshni chiqishi va botishini bahorning oxiri kuzning boshlarida 
kuzatgan ma’qul. Yozda o’quvchilar ta’tilda bo’lganliklari uchun mazkur 
kuzatishlarni amalga oshirib bo’lmaydi. 
Quyoshni kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi: 
- o’quvchilar Quyoshning chiqishadan 5-10 minut oldin yig’iladi; 
- Quyoshni chiqishini kuzatishda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 
a) Quyoshning ko’rinish vaqti; 
b) Quyoshning to’la ko’rinish vaqti; 
v) Quyoshning ufqdan ko’tarilish vaqti; 
- Quyosh qaysi tabiiy geografik borliqlar orqasidan ko’rinishi aniqlanadi 
(tog’, qir, balandlik, tekislik va x.k.); 
-Quyoshning botishini kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi: 
a) Quyosh doirasini Yer yuzasiga tegish vaqti; 
b) Quyosh doirasini yarmini ufq ortiga o’tish vaqti; 
v) Quyoshning to’la ko’rinmay qolgan vaqti; 


107 
g) Quyoshning qaysi geografik borliq orqasiga botganligi aniqlanadi; 
- Quyosh chiqqan tomon sharq, botgan tomon g’arb ekanligi o’quvchilarga 
tushuntiriladi. 
Yulduzlarni va sayyoralarni kuzatish tunda olib borilganligi uchun maktab 
sharoitida keng tarqalmagan. Qutib yulduzini aniqlash ham tunda olib boriladi. 
Yulduzlarni, sayyoralarni va oyning davrlarini kuzatishni o’quvchilar mustaqil 
o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’qituvchi dars paytida ulardagi yulduzlar
sayyoralar va oy davrlarini qanday kuzatishni o’rganishi lozim, yoki vaqt topib 
ular bilan birga astranomik kuzatishlar olib borib, so’ngra boshqa paytlarda ularga 
osmon jismlarini kuzatish bo’yicha topshiriq berishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin