109
a) yuksak o’simliklarda kurtaklarning bo’rtishi va yozilishi, barg chiqarishi,
g’unchalash, gullash, urug’ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglarning
sarg’ayishi va to’qilishi;
b) sut emizuvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
qishki uyqudan uyg’onishi, juftlashishi, bolalash, mavsumiy tullash va x.k;
v) qushlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: bahorda uchib kelishi,
in qurishi, tuxum qo’yish, jo’ja ochish, kuzda uchib ketish;
g) baliqlar quyidagicha kuzatiladi:
bahorgi serharakat hayot, uvildiriqlar
tashlash, mavsumiy ko’chib yurish va x.k.
Fenalogiya fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: umumiy va xususiy
fenologiyaga bo’linadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarini bir
me’yorda almashib turishi bilan bog’liq xoldagi yaxlit xodisa sifatida o’rganiladi.
Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga bo’linadi.
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish
muddatlarini belgilab
beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o’rganadi. Mazkur omillar
endogen va ekzogen guruhlarga bo’linadi. Endogen omillar Yerning ichki kuchlari
bilan bog’liq. Tashqi ekzogen omillarni belgilab iqlim beradi. Masalan, o’simlik
va hayvonot dunyosini bahorgi uyg’onishini va qishki uyquga ketishini joyning
issiqlik me’yori belgilab beradi.
Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik kuzatishlar
olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo’jalik tarmoqlari bo’yicha
qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy taqvimi tuziladi. Bunday
taqvimdan tabiatni muxofaza qilish tadbirlari ishlab chiqishda foydalaniladi.
Kuzatish metodi o’quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Uzoq
muddatli kuzatishlar
katta ahamiyatga ega, uning natijasida o’quvchilar mustaqil
ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin.
O’z o’lkasini tabiati va aholisini xo’jalik faoliyatini kuzatish oqibatida
geografiya o’qitish metodikasida o’lkashunoslik tamoilini amalga oshirishga
imkon beradi.
Kuzatish boshqa hududlarni dikqat bilan o’rganishga imkon beradi. Masalan,
jahon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishda,
materiklar va davlatlarning
geografik sharoitlari o’quvchilarni o’z yashash joyi sharoiti bilan taqoslashga
imkon beradi.
Geografik kuzatishlar o’quvchilarni tabiatdagi voqea va xodisalarni ko’p
qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy geografik va
iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini ham
ochib beradi.
Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. Ayrim
xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to’g’ri keladi,
boshqa hodisalarni
esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg’ir yog’ishi, shamol, chaqmoa boshqalar).
Dastlab geografik bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradigan voqea va hodisalarni
kuzatmoq darkor. Ko’p geografik tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o’rganib
bo’lmaydi (ob-havo, iqlim, relyef shakillari, ichki suvlar).
Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllartirish murakkab vazifalardan
hisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim:
110
1.O’quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va obyekti haqida
so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb
etadi.
2. O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim (Kompas,
barometr, flyuger, nivelir va x.k.)
3. Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga, kuzatish
jurnaliga)
4. Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini
shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va
yillik haroratlarni xisoblash,
daryo oqimini hisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chiqarish
aloqalari chizmasini tuzish.
5. O’quvchilarni geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro
aloqalarni
aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi
bog’liqlik.
6.O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning uchun
kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini
oldindan aytmaslik kerak.
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga o’tgan
sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam
foydalanib borish kerak.
O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydalanish
rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni
kuzatish malakalari ortishi
bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari ortib boradi kuzatish
davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibi quyidagilardir:
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo harorati,
yog’inlar, shamollar quyoshning balandligi kuzatiladi;
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni tabiatda va ishlab chiqarishda
olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik,
fenologik, xo’jalik)
kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda qayta ishlashadi va
umumlashtiriladi;
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. Ular
tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini
umumlashtirishi (diagramma, harita, chizmalar tuzish)
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni
mustaqilligini oshirishdir.
Dostları ilə paylaş: