114
Suv va quruqlik yuzasini havoni isishiga ta’sirini o’rganish uchun quruqlik
va suv xavzasi yuzasida harorat turli vaqtda o’rganiladi va tahlil qilinadi.
Relyefni haroratga ta’sirini o’rganish uchun havo harorati tekislik va tog’
yonbag’rida o’rganiladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tekislik va
yonbag’rini turlicha isishi haqida o’quvchilar bilimlarga ega bo’lishadi. Ya’ni
o’quvchilar tajriba asosida yonbag’irlarni Shimoliy va janubiy qismlarida
o’simliklar xillarini turlichaligini tushunib olishadi.
Gruntlarni turi, mexanik tarkibi, rangi, o’simlik bilan qoplanganlik darajasi,
namligini yer yuzasini isishiga ta’sirini saqlash uchun quyidagi tajriba o’tkaziladi:
- chuqurligi0,5 m, kengligi 0,5 m, uzunligi 1 m bo’lgan bir necha chuqur
qaziladi;
- mazkur chuqurlar turli xil tog’ jinslari va tuproqlar bilan to’ldiriladi;
- ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ularni harorati o’lchanadi;
- turli vaqtlarda turli tog’ jinslari va tuproqlar haroratining qiymatlari tahlil
qilinadi va tog’ jinslaring turlari mexanik tarkibi hamda namlik darajasi haroratga
qanday ta’sir etishi aniqlanadi.
Geografiya maydonida yoki ochiq joyda o’quvchilar tomonidan tuproqlarni
va tog’ jinslarini haroratini mustaqil o’rganilishi geografiya ta’limini hayot bilan
bog’liqligini mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: