O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


XIV BOB. O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

XIV BOB. O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR. 
NOANA'NAVIY USULLAR VA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARDAN 
FOYDALANISH TAJRIBASI 
 
14.1. Pedagogik texnologiyalar va ularning turlari 
 
O’zbekiston, Rossiya va boshqa qator MDH davlatlari ta’lim tizimiga XX 
asrning 90-yillaridan boshlab «Yangi pedogogik texnologiyalar», «Ilg’or
pedagogik texnologiyalari», “Pedagogik texnologiyalar”, “Ta’lim texnologiyalari”, 
“Maktab texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari” va boshqa shunga o’xshash 
tushunchalar kirib keldi. 
XX asrga kelib fan texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati 
bilan ta’lim tizimida ham qator muammolar vujudga keldi. Bunday muammolarga
avvaldan kafolatlangan natijalarni olishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarni 
loyihalashtirish va amalga oshirish kiradi. 
Shu maqsadda XX asrning 50-70 yillar ida AQSH da B.Blum. D.Kratvoll, 
N.Gronlund, Dj.Kerol, Dj.Blok, A.Anderson va boshqa olimlar tomonidan 
rejalashtirilgan natijalarni olishni kafolatlaydigan, Qayta takrorlanadigan 
pedagogik tsiklni o’z ichiga olgan texnologiyalar ishlab chiqildi. Mazkur 
texnologiyalar so’ngra Yevropada qo’llanila boshlandi. Pedagogik texnologiyalar 
bo’yicha ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi. 
Rossiyada pedagogik texnologiyalar XX asrning 90-yillaridan boshlab 
tarqala boshladi.Mazkur texnologiyalar sohasida B.P. Bespalko, M.V.Klarin, 
V.G.Guzeev, T.S.Nazarov. N.D.Nikondova, N.F.Kostenko, V.R.Imakova, G.Ilьni, 
B.I.Bulin, Sokolova, Yu.G.Molokova, O.Episheva, P.K.Selevko va boshqalar 
ulkan ishlarni amalga oshirishdiyu “SHкoльnыe tеxnoлoгии” jurnali nashr qilina 
boshladi. Yangi pedagogik texnaologiyalar ta’limning boshqa bosqichlarida
(maktabgacha ta’lim, boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus va Oliy ta’lim) qo’llanila 
boshladi.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalar sohasida 2000 yildan boshlab yirik 
ilmiy ishlar va o’quv qo’llanmalari nashr qilina boshlandi. Bu sohada 
B.P.Farberman, 
N.Saydaxmedov, 
F.Jumabaev, 
A.Ochilov, 
L.Golish, 
B.Ziyamuhamedov, SH.Abdullaev, J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov va boshqalar katta 
ishlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika 
Universitetida “Ta’lim texnologiyalari” jurnali nashr etilmoqda.
Geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash va 
geografik ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha I.V.Dushina, 
V.T.Dmitreva, 
A.N.Vorobьev, 
O.A.Ushakova, 
N.V.Novenko, 
I.I.Barina, 
O.A.Baxchieva, U.X. Safarov, X.Nikadamboyevd va boshqalar ish olib 
borishmoqda.
O’zbekistonda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini 
qo’llash va geografik texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha ilmiy va metodik 
ishlar endi boshlanmoqda, ammo bu sohada yirik ko’zga ko’rinadigan ishlar hali 


126 
qilinganicha yo’q. Pedagogik texnologiyalarni ajralmas qismi bo’lgan test 
topshiriqlari hamma fanlarda, ayniqsa Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida 
keng qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, barcha o’quv fanlarida 
ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik qo’llanmalar va 
ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab chiqildi va nashr qilindi. 
Bu esa ayrim chalkashliklarga va testlarni faqat bir yo’nalishda tuzilishiga olib 
keldi. Testologiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlari orqali ifodalash 
pedagogik texnologiyalarni oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Demak, 
O’zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida yangi pedagogik texnologiyalarni 
ma’lum bir bo’g’inlarini qo’llash ancha oldin boshlangan.
O’zbekistonda 1992 yildan boshlab Oliy o’quv yurtlariga qabul pedagogik 
test sinovlari asosida o’tkaziladigan bo’ldi. Oliy va o’rta maxsus maktab 
muammolari institutida pedagogik texnologiyalar va ta’lim sifati bo’limi ochildi.
Geografiya ta’limida ko’pincha o’qitish texnologiyalari ilgaritdan qo’llanilib 
kelinadi, ayrimlari endi qo’llanilmoqda. I.V.Dushina (2004) geografiya ta’limida 
qo’llaniladigan texnologiyalarni quyidagi turlarga bo’lgan: mantiqiy tayanch 
konspektlar texnologiyasi; o’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi
o’quvchilarni o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi; komunikativ – aloqa 
texnologiyasi; o’quvchilarni loyixalar tuzish faoliyati texnologiyasi.
Hozirgi paytda geografiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalarini 
qo’llashni ilmiy-metodik asoslari quyidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilishi lozim.
Geografiya ta’limini maqsadlarini aniqlash. Geografiya ta’limining 
maqsadlari va vazifalari mavjud ta’lim standartlarida ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan. Standartlar bo’yicha har bir geografiya predmeti bo’yicha ta’lim 
maqsadlari va vazifalari ishlab chiqilgan. Geografiya ta’limining asosiy 
ko’rsatkichlarini B.Blumning taksonomik birliklari orqali ifodalansa ular aniq bir 
o’lchamlarga ega bo’lar edi. Mazkur muammo sohasida hozircha geografiya 
ta’limida sezilarli ishlar olib borilayotgani yo’q.
Geografiya ta’limida quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin