O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
14.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash 
 
Pedogogik 
texnologiyalarni 
tushunishni 
muhim 
jihatlaridan 
biri 
quyidagilardir: 
a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi; 
b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi. 
Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini oladi. 
Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos bo’lib xizmat 
qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining maqsadi ishlab chiqildi. 
So’ngra mazkur fanning har bir o’quv predmeti uchun, ma’lum bir predmetlarning 
bo’limlari, mavzulari va alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi. 
O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar 
mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish 
to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarorida ifodalangan. 
Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va 
joriy joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarurgigi ko’psatib 
o’tilgan. 
Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga 
sharxlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni shakillantirish
haritalardan 
mohirona 
foydalanishni 
o’rgatish, 
tabiat 
bilan 
jamiyat 
munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k. 
Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi uchun alohida ishlab 
chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki o’qituvchi va 
o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatida o’qituvchilarni maqsadi o’qitish 
o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov 2002). 
B.A. 
Farberman, 
S.Ziyamuhammedov 
va 
boshqalarning 
fikricha 
o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun undan 
aniq ta’lim maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun vazifalarni 
shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar ishlatiladi. Fa’ellar 
o’quvchilarni o’quv faoliyatini aks ettiradi, masalan aniq faktlarni biladi; 
qoidalarni biladi; so’z ifodalagan ma’lumotlarni matemat ik jihatdan ifodalay 
oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha 
oqibatlarni aniqlay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan 
maelumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi va h.k. 
O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan 
foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va o’lchanadigan, 
o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim. 
Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy usuli- bu
aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan foydalanishdir. 
O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan iborat: 
o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-o’xshash ta’lim 
maqsadi. 


130 
Ammo ba’zi hollarda o’zshash ta’lim maqsadlarini shakllantirishda 
qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga bo’lish 
oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiyadan 
foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida umumiyroq maqsadlarni 
shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni aniqlashtirish mumkin. 
Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab 
chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab chiqilgan
umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi (9-jadval). 
Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini ishlab chiqishda geografiya 
faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi mazmunining majburiy 
minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar 
hisobga olinadi. 
9-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin