137
- talabalar yoki ko’pchilik talabalar qaysi mavzularni to’liq o’zlashtirgan,
qaysilarni kam o’zlashtirgan, qaysi masalalarni qisman o’zlashtirgan, qaysilarini
kam o’zlashtirgan yoki butunlay bilib olmaganligini aniqlash mumkin:
- barcha talabalar bilmini qisqa vaqt ichida tekshirib olish mumkin.;
- talabalar bilmini obyektiv baholash mumkin..
Test usulini qo’llashning qiyinchiliklari va noqulayliklari quyidagilardan
iborat:
- test savollari va javoblarini tuzish juda qiyin va katta ma’suliyatni talab
qiladi;
- talabalar bilan bevosita muloqotda bo’linmaydi;
- talabaning ilmiy va og’zaki nutqini o’stirishga yordam bermaydi;
- an’anaviy imtihon va sinovlarda talabalar bilmagan narsalarni bilib olishadi,
ya’ni imtihon va sinov bilim berish usullaridan biri ekanligi test usulida
bo’lmaydi;
- talabalar 40-50 ta savolning qaysi biriga to’g’ri va qaysi biriga noto’g’ri
javob berganliklarini ham bilmaydilar.
Shuning uchun testga talabalar bilmini tekshirish usullaridan biri sifatida
qarash lozim. Lekin oliy o’quv yurtlariga qabul imtihonini test usulida o’tkazish
eng maqul usul. Chunki bunda sub’ektivlikka o’rin qolmaydi. Test usuli EXM
yordamida amalga oshirilishi kerak. Javoblarga qo’yladagan ballarni ham mashina
xisoblashi kerak. .
Joriy testda muayyan mazmuni o’quvchilar yoki talabalar qanday
o’zlashtirganini nazorat qilinadi, shuning uchun savollar maydaroq va chuqurroq
bo’ladi. Oraliq testda savollar kengroq bo’ladi. Yakuniy testlar butun o’quv kursi
materialini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: