5. Rasm yoki chizmali testlar . Ushbu testlarda 3-5 ta rasm yoki chizma
beriladi, ularning ichidan geografiya obyektini topish, yoki bo’lmasa chizmadagi
xatolarni topish talab qilinadi. Masalan, «Quyidagi rasmlar ichidan Tanganika
ko’lini aniqlang»
6.
Murakkab testlar ular o’quvchilarni fikrlashga va olgan bilimlarini
qo’llay bilishga majbur qiladi. Masalan, Ishbilarmonlar g’isht ishlab
chiqarishning Yang usulini o’ylab topishdi. G’ishtni ishlab chiqarishni boshlash
uchun ish kuchi, rangli metallurgiya sanoati chiqindilari kerak, mablag’ni tog’-
metallurgiya birlashmasi beradi. Bu g’ishtlar assan shaxsiy uylar qurishda
ishlatiladi, shuning uchun aholiga sotishga mo’ljallangan, ammo mahsulotning
60% ni tog’-metallurgiya birlashmasi oladi. Xokimiyat quyidagi shaharlardan
biriga mazkur zavodni qurishga ruxsat berdi. Ishbilarmonlar g’isht zavodi qurish
uchun qaysi shaharni tanlashadi (erning narxi hama joyda bir hil)?
A.Andijon, V.Olmaliq S.Bekobod D.Toshkent Ye.Chirchiq
7.
Jadval shaklida testlar. Jadvalli testlar uch qismdan (ustundan) iborat
bo’dadi. Birinchi ustunda geografik joy, voqea va hodisalarning nomlari beriladi,
ikkinchi ustunda ularning shakli, xususiyati va xossalari ko’rsatiladi, uchinchi
ustunda Ushbu xususiyatlar qaysi joyga, voqea va xodisaga xos bo’lsa, o’sha voqea
va hodisaning hamda joyning tartib raqamni imtihon oshiruvchi yozib chiqishi
kerak. Misol, Yevrosiyo relifining qanday shakllari qaysi geologik tuzilishlarga
to’g’ri kelishini ko’rsating?
10-jadval
Yevrosiyo relyef shakllari Geologik tuzilmalari Javoblar 1.O’rta Sibir yassi tog’ligi
2.Turon pasttekisligi
3.Tyanьshan
4.Sharqiy Yevropa tekisligi
5.Dekan yassi tog’ligi
6.G’arbiy Sibr pasttekisligi
7.O’rta russiya balandligi
8.Arabiston
yarim
oroli
cho’llari va yassi tog’lari
Platforma
Plita
Qalqon
1,4,5,8
2,6
7