132
Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va muhim
muammolaridan biri o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirishdir. XX-
asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishni og’zaki va
yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur usullarning asosiy kamchiligi bilim va
malakalarga baho qo’yishdagi subiktivlikdir. Har bir imtihon oluvchi bir xil ishga
turli yondoshib, turlicha baho qo’yish mumkin. eng
muhimi bu usulda aniq bir
muvozanatning sust ishlanganligidir.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezedentining «O’zbekiston
Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga qabul tizimini
takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 yilgi Oliy o’quv
yurtlariga test bo’yicha qabulning ijobiy natijalarini hisobga olib, Vazirlar
mahkamasi O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari qabulini test usulida o’tkazish
haqida qaror qabul qildi.
O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr qilina
boshladi. Bu sohada X.Vaxobov, P G’ulomov, R.Qurbonniyozov, A.Soatov,
A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga ogshirildi. 1994
yildan
2002 yilgacha Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlari to’plamlari
«Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi.
Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, nazorat
qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar psixologiya fanida
kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim imkoniyatlari, irodasini va boshqa
tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan (
so’zli yoki rasmli shaklda).
Maktablarda testlar (N.Grayvz, 1979) dastlab asrimizning 20-yillaridan
boshlab AQSHda qo’llanila
boshlangan, bu paytgacha AQSH va Buyuk
Britaniyada imtihonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr boshlarida
AQSHda yozma imtihonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, natijada bilim va
malakalarni tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab ko’rila boshlandi. Chunki
AQSHda o’quv jarayonini rejalashtirish bo’yicha maktablar juda katta xuquqa ega
edilar, natijada o’quvchilarning umumiy ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920
yildan boshlab Nьyu-York shtatining maorif bo’limi aniq (obyektlar) testlar
bo’yicha imtihon olish tajribasini boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul
AQSHning hamma maktablarida qo’llanila boshlandi. AQSHning Shimoliy –
Sharqiy shtatlarining oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari bo’yicha kengash ham
universitetlarga rejaga solish maqsadida 30-yillarda testlar tuzishga kirishdi.
Natijada testlar tuzish bo’yicha kooperativ
xizmati tashkil qilindi, uning asosiy
vazifasi, AQSHning maktab va kollejlarida o’quvchilar o’zlashtirishini
ko’rsatilgan talablar asosida aniq baholash mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948
yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim testlari xizmatiga aylantirildi. Imtihonlar
bo’yicha kengash test xizmatlarining ma’lumotlarini kollej va univesitetlarga
kiruvchilarning bilimini tekshirishda ishlata boshladi.
Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a)fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar (ko’p javobli
savollardan tuzilgan, imtihon 3-soat davom etadi); b)
yakuniy test, asosan ingliz
tili, ijtimoiy fanlar, matematika, chet tilllari va tarix bo’yicha bilimlarni tekshiradi,
kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha testdan o’tish talab qilinadi (har bir predmet
133
bo’yicha imtihon 1-soat davom etadi, hammasi ket-ma ket bo’ladi). Barcha
testlar (ingliz tilidan tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat. Buyuk Britaniyada
testlar boshlang’ich maktablarning bitiruvchi sinflarida qobiliyatli o’quvchilarni
o’rta maktablarga taqsimlash maqsadida o’tkaziladi. Imtihon topshir o’quvlaridan
to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir to’g’ri
javob uchun bir ball
qo’yiladi. Baholar aniq bo’lgani uchun imtihon oluvchilarning subektiv qarashlari
yo’q bo’ladi.
Sobiq ittifoqda bilim va malakalarni test orqali tekshirish noilmiy deb
qaralib, VKP (b)ning 1936 yil 4-iyulda chiqqan «Xalq maorifi komisarligi
tizimidagi pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq tanqid
ostiga olindi va man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli maktablarda yana asta
sekin tajriba sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar tomonidan qo’llanila
boshlandi.
Geografiya sohasida mazkur ishlar T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya,
V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
Hozirgi paytda jahonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan eng
asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993):
Dostları ilə paylaş: