O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI 
VA VAZIFALARI 
 
1.1.
 
Geografiya o’qitish metodikasi fan va o’quv fan sifatida 
 
Geografiya ta’limi deganda o’quvchilarga tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy 
komplekslarning tuzilishi va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar beradigan 
geografiya fanlari tizimiga aytiladi.
Geografiya ta’limi metodikasi esa maktablarda va kasb-xunar kollejlarida 
tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va boshqa maxsus geografiya fanlarini 
o’qitish jarayonini o’rganadigan va pedagogika fanlari tizimiga kiradigan fandir. 
Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va tarbiya nazariyasi bilan 
chambarchas bog’langan. Didaktika fani ta’lim berish va tarbiya jarayonini
umumiy qonuniyatlarini, ta’lim mazmunini tadqik qiladigan nazariy fandir. 
Didaktika fani aniq o’quv fanlarini o’qitish metodikasi bilan shug’ullanmaydi. 
Ayni vaqtda har bir o’quv fani o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning ayrimlarini 
maqsadi nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish (geografiya, geografiya, 
kimyo), ayrimlari faqat ko’nikmalarni (chet tillar), boshqalari esa borliqqa 
estetik munosabatda bo’lishini shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun
alohida fanlarni o’qitish metodikasi bilan hususiy didaktika fanlari shug’ullanadi.
Mazkur fanlar qatoriga «Geografiya o’qitish metodikasi» fani ham kiradi.
Geografiya o’qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari mavjud. Geografiya 
o’qitish metodikasi fani quyidagi nazariy va amaliy metodologik muammolarni 
tadqiq qiladi: 
a) geografiya o’qitish metodikasining predmeti, tadqiqot usullari, rivojlanish 
tarixi; 
b) geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalarini umumiy va 
alohida predmetlar bo’yicha aniqlash; 
v) ta’lim va tarbiyaning birligini amalga oshirish; 
Geografiya o’qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat: umumiy 
va hususiy geografiya o’qitish metodikasi. 
Umumiy geografiya o’qitish metodikasi
– bu geografiyaning didaktikasi 
hisoblanadi. U geografiya o’qitish jarayonini o’ziga xos xususiyatini o’rganadi. 
Geografiya o’qitishning umumiy metodikasi nazariy va metodik masalalarni 
ishlab chiqadi, yani predmetni o’zini tadqiqot usullarini o’rganadi, bunda asosiy 
e’tibor o’quv-tarbiyaviy maqsadlarni ishlab chiqishga qaratiladi. Aniqlangan 
o’quv-tarbiyaviy maqsadlar asosida geografiya ta’limining mazmuni ishlab 
chiqiladi. Umumiy metodika ikki qismga bo’linadi:
-tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi; 
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o’qitish metodikasi; 
Geografiya o’qitishning hususiy metodikasi
– alohida o’quv predmetilarini 
maqsad va vazifalarini ishlab chiqadi va umumnazariy xolatlarni aniq o’quv 
predmetlarini o’qitish jarayonida qo’llash masalalarini o’rganadi. 
Xususiy geografiya o’qitish metodikasi tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya kurslarini alohida predmetlari bo’yicha o’quv tarbiyaviy jarayonlarni 
o’ziga xos hususiyatlarini ishlab chiqadi. Hususiy geografiya o’qitish metodikasi 



alohida geografiya fanlarini mazmuni uchun umumiy metodikaning nazariy 
ishlanmalarini aniqlashtiradi, har bir sinf gerografiya kursini mazmuni va tuzilishi, 
geografik tushunchalarni shakllantirish, o’quv ishlari usullarini, o’quvchilarning 
mustaqil ishlarini tahlil qilish muammolarini ishlab chiqadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin