O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

O’zbekistonda geografiya ta’limini tartibga solish davri
. Mazkur davrda 
geografiya ta’limini rivojlanishida 1934 yil 16 mayda chiqqan “Boshlang’ich va 
o’rta maktabda geografiya o’qitilishi to’g’risida” nomli qarori katta ahamiyatga 


24 
ega bo’ldi. Mazkur qarorda har bir sinfda geografiya predmetini o’qitish bo’yicha 
tavsiyalar berilgan:
- III va IV sinflarda geografik nomlarni mustahkam o’rganishga katta etibor 
berilgan; 
- V sinf asosan tabiiy geografiya bo’yicha berilgan bilimlar berilishi va dastur 
o’quvchilarning yoshini hisobga olgan xolda soddalashtirilishi ko’rsatilgan; 
- VI sinf o’quv dasturida qit’alar tabiiy geografik sharoitini o’rganishga 
e’tibor kuchaytirilgan; 
- VII sinf dasturida mamlakatning umumiy tabiiy geografik tavsifi 
qoldirilishi va o’quv materialining osonlashtirilish, har bir sobiq ittifoq 
Respublikasining geografik tavsifi kiritilishi ko’rsatilgan. Mazkur qarordan so’ng 
geografiya predmetiga ajratilgan soatlar hajmi 15 soatga yetkazildi.
Ushbu bosqichda yangi dastur asosida qator o’quv qo’llanmalari va darsliklar 
tayyorlandi va nashr qilindi. 1936 yil 5-sinf uchun A.S.Barkov va 
A.A.Polovinkinlarning “Tabiiy geografiya”, 6-sinf uchun. G.I.Ivanovning “Dunyo 
qit’alari tabiiy geografiyasi”, 7-sinf uchun N.A.Baranskiy “SSSR tabiiy 
geografiyasi” (1-qism), S.V. Chefranov “SSSR tabiiy geografiyasi” (2-qism), 8-
sinf uchun N.N.Baranskiy “SSSR iqtisodiy geografiyasi”, I.A.Vitver 9-sinflar 
uchun “Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi” darsliklari nashr qilindi. 
Ushbu bosqichda maktablar uchun atlaslar va metodik qo’llanmalar nashr 
qilindi va ular o’zbek tiliga tarjima qilindi. 1939 yili N.P.Arxangelskiy tomonidan 
“Boshlang’ich maktablarda jug’rofiyadan ko’rsatmalar” va F.A Ushinov 
tomonidan “Geografik materiallar” nomli metodik ishlari nashr qilindi. 
Geografik atamalar sohasida ham qator qo’llanmalar nashr qilindi: 1935 yil 
O.Ibrohimov 
“Geografiya atamalari”, 1940 yil M.X.Bektemirov va 
S.Sayidrasulovlar tomonidan “Qisqacha ruscha-o’zbekcha geografiya terminlari 
lug’ati” nashr qilindi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin