1986y
), B.Qosimov (
1999y
), D.Alimova va D.Rashidova (
1998y
),
X.Vaxobov va N.Alimova (2001 y) va boshqalar tomonidan o’rganilgan.
3.1.1.
Jadidchilik harakatida ta’lim va tarbiya
Toshkentda
1900
yili “Yangi usul” maktabi ochildi. Mazkur maktablarda
geografiyaga alohida ahamiyat berildi.
1905
yil Samarqanddagi yangi usul
maktablari uchun o’zbek tilida “Turkiston va unga qo’shni mamlakatlar kartasi”
nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek tilida qator darslik va qo’llanmalar chop etila
boshlandi:
1909
yil Fotix Karimning geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda
nashr etiladi.
1914
yil Muhammad Amin Karimiyning “Jug’rofiyai riyoziy”
(Matematik geografiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi.
1915
yil “Yer yuzi”
darsligi chop etiladi.
O.Mo’minov ma’lumotiga binoan
1870
yildan boshlab o’zbek tilida
“Turkiston viloyati” gazetasi nashr qilina boshlandi. Mazkur gazeta sahifalarida
geografiyaga oid juda ko’p maqolalar e’lon qilindi. Unda Mahmudxo’ja Bexbudiy,
19
Zokirjon Furqat va boshqalarning sayohatnomalari haqidagi ma’lumotlar e’lon
qilina boshlandi bu esa o’sha davrdagi ziyolilarni dunyoqarashiga katta ta’sir
ko’rsatdi. XIX-arsning 80-yillarida Turkistonda “rus-tuzem” maktablari tashkil
qilinishi boshlandi. Mazkur maktablar uchun nemis olimi A.Geykiyning “Yer
xususidagi ilmdan olingan so’zlar” nomli kitobi
1899
va
1901
yillari nashr etildi
1910
yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun haftasiga 4 soat
geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan, bu esa boshqa fanlarga nisbatan ancha
ko’p edi.
Jadidchilik davrida geografiyani o’qitishga alohida e’tibor qaratildi. “Jadid”
so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, “jadidchilik” esa yangilik tarafdorlari degan
ma’noni bildiradi. XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor
mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik harakatining
vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va
boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng
ilg’or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko’rishni
o’zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Jadidchilik nomoyondalari milliy ozodlik
kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo’lmaslini bilishar. Shu bois
ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub
ildizlari yo’q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining
hamma narsadan oldin halqqa ma’rifat berish lozim degan g’oyasi yuzaga keldi.
Jadidlar 1906 yildayoq “Taraqqiyot” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z
g’oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari
ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat
haqidagi bilimlar ham targ’ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat
yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordamida o’lkada ijtimoiy – iqtisodiy va
madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. Jadidlar o’z ezgu orzularini,
faqat maktab, ma’orif va ta’lim tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish
bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni
tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo’lib “Maktabi usuli
jadida” ya’ni “ Yangi usul maktabi”ga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan
“Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o’qitish
metodikasi, nazorat turlari ko’p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan. U
madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalalarini ko’tardi.
Jumladan, diniy fanlar bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o’rganish zarurligi
haqida so’z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ’ib qilish, jadid maktablarini
tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo’lib,
mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq
bo’ldi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar
qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o’nlab ma’rifatparvar ilm darg’alarning
faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ushbu davrda eng mashhur allomalardan biri Mahmudxo’ja Behbudiy
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan bo’lib, jahonga mashhur bo’lgan
20
geograf, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir. Uning
tomonidan “Yangi usul maktablari” uchun “Turkiston haritasi”, “Muntahabi
jug’rofiyaiy umumiy” (qisqacha umumiy geografiya), “ Madhali jug’rofiyaiy
imroniy”(Aholi geografiyasiga kirish),“Muxtasari jug’rofiyaiy Rusiy” (Rusiyaning
qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator sayohatnomalar e’lon qilingan. Ushbu
darslikda geografiya haqida keng va tushunarli ma’lumotlar berilgan.
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Kitobi muntahabi jug’rofiyai umumiy va
namunai jug’rofiya” darsligi
Dostları ilə paylaş: |