O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-30 yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi.  1924



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

25-30
yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi. 
1924
yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida fanlar o’tilmas, 
balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi. 
192
7
 -28
yildan boshlab 
geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. 
1934-
yil 
15
mayda


13 
geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni
sifati o’ta pastligi qattiq tanqid qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani 
uch bo’g’inga bo’lib o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3
-
sinfda o’z turar joyining 
tabiiy geografiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 
6-sinfda qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi
soatlar miqdori ko’paytirildi. “Географиya в shколе ” jurnali nashr qilina 
boshlandi. 
1958-
yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror qabul 
qilindi. Unda o’z o’lkasi geografiyasini o’rganishga katta e’tibor berildi. Ilmiy 
tekshirish institutlari tashkil qilindi,ularda geografiya metodikasi laboratoriyalari
tashkil qilindi. 
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darinskiy, 
I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr qilindi.
2.5. Xorijda geografiya ta’limi 
 
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni 
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi kunda 
geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta yo’nalishda olib 
borilmoqda:
1. Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida 
(Sharqiy Yevropa va sobiq SSSR o’rnida vujudga kelgan davlatlardir);
2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakul’tativ tarzda 
o’rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko’pchilik 
mamlakatlarida); 
3. Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida 
qo’shimcha fakul’tativ mashg’ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko’pchilik 
mamlakatlarda) o’tkazish. 
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy 
va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi 
barcha maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi. 
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida 
emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar tarkibiga qo’shilib 
ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni xoxlovchilar maxsus fakul’tativ 
mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini oshirish mumkin. 
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo’yicha yagona 
davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqib, 
o’quv dastursini tuzish mumkin. Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud 
bo’lib, ularning barchasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va bir-
biriga o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi. 
Uchunchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan fanlar 
qatoriga kirmaydi va uni fakul’tativ mashg’ulotlar orqali o’rganish asosiy o’rinni 
egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida 
barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan fanlar qatorida xilma-xil 
murakkablikdagi fakul’tativ kurslar turi keng tarqalgan. 
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni: 
boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 sinf. 


14 
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. Masalan, 
birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof- muhtni 
o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining hayotini o’rganish va zarur 
kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat.Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global 
muammolarini va jahon xo’jaligini o’rganishdan iborat. 
Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni 
o’quvchilarga o’rgatish bo’yicha ikki fikr (yo’nalish) tarafdorlari bor. 
Birinchi yo’nalish tarafdolarining fikri o’quv rejalarida geografiyani mustaqil 
fan sifatida muntazam o’qitishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi yo’nalish 
tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan itegratsiya (birikma) tarzida 
qo’shib o’qitishni isbotlab berishga urinadilar. 
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jahonda yetakchi bo’lib, 40-50- 
yillardagi ta’lim islohatida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy 
o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi, tarix va jamiyatshunoslik bilan 
birlashtirildi. Geografiyani bunday o’qitish o’quvchilarga talay qiyinchiliklarni 
tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib o’quvchilar zarur
ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoldilar. Masalan, Michigan universitetining 
Geografiya fakultetida o’qish uchun ariza bergan 400 o’quvchining yarmi 
geografiyani faqat boshlang’ich sinflarda o’qiganlari ma’lum bo’ldi. Shu tufayli 
ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun 
kurash ketayapti. 
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib, 
o’quvchilar istak hohishlari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi 
mamlakatlar majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya va 
Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisodiy va sotsologiya, geografiya, kimyo, ingliz 
tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi. 
Fin mamlakatlarida 9-yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar 
keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi o’ziga 
yillik o’quv rejasi tuzadi. Bundayyillik o’quv reja gemnazilarda kurs rahbarlari va 
ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi. 
Gimnaziyada o’quv yili 6 davrga bo’linadi. Har bir davr 6 haftadan iborat 
bo’lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bittadan fan kuniga bir 
soatdan o’qitiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o’qiydi. Sport darslari mashg’ulotdan 
keyin o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar bilimi baholanadi.Agar o’quvchi 
qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni qaytadan tanlaydi. 
Deyarli ko’pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq. 
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan sobiq SSRda va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning rivojlanish qonuniyatlari, 
jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlar, atrof muhit muammolari geografiya 
ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan davlatlarda geografiya ta’limining mazmuni sifat jihatidan 
yuqori bo’lib, o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu 
davlatlarda geografiya ta’limi ko’proq muammolarni, turli nazariya va 


15 
qonunlarni, kategoriyalarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchilarga 
o’zlashtirishda bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi. 
Rivojlangan g’arb mamlakatlarida geografiya ta’limida ta’limning ruhiy 
jabhalari asosiy o’rinni egalagan. O’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini 
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqiqotlari psixologlar 
ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi. 
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, imitatsiya keng qo’llaniladi. 
Masalan, o’quvchi biror kompaniyani prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, 
biror muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday ta’limning 
asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka 
tayyorlashdan iborat. 
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o’quv darsliklari va qo’llanmalarini
tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qish uchun bir necha 
qo’llanma chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo’lib, 
axborot xususiyatiga ega. Bunday qo’llanmalarda matn 20-30 % ni, tasvir 20 %
ni, statistika 20 % ni, savol va topshiriqlar 20 % ni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar 
nihoyatda sifatli. Quyi sinflar qo’llanmalarida esa deyarli harita yo’q, ular o’rnini 
harita sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari 
ham taqqoslash harakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng 
baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan. 
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu 
mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savollarning aksariyati
muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o’yinlar tarzida berilgan. 
O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash
uchun maxsus savollar, qizqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli 
o’yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan. 
O’quvchilar ularni mustaqil bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar.
Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: 
- ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon 
geografiya tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish; 
- gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodlaridan 
unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish; 
- darslarda turli mazmundagi ekasperementlar uyushtirish ya’ni tassavur, 
tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o’rin berilgan;
- o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda 
o’rganish;
- 5 – 8 sinflarda geografiyaga haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu sinflarda 
asosan Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o’rganiladi. 
Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar beriladi. 
O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. 
“Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson”, “Yangi geografiya”, “Yer bilimi” va 
h.k. 
9 – 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa ham 
bo’ladi. Ayrim yerlardagina qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va Germaniya 
geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va 
davlat tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi. Keyingi paytlarda 


16 
geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali 
o’qitishga e’tibor kuchaymoqda.
Gimnaziyada (11-13-sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil 
fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi 
fanlarda ham beriladi. 
Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni o’rganishga 
ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, “Insoniyatning ko’payishi”, “Ocharchilik 
muammolari”, “Transport muammosi”, “Sanoat markazlarida inson hayoti”, 
“Sanoat iqtisodi” va h.k. 
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga qo’yilgan. 
Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo’yilgan. 
Fransiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan. Shunisi 
qiziqki Fransiyada sinflar tezkari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich maktab 6,5,4,3 
(o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda amalga 
oshiriladi. 
2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh) sinflardan iborat Geografiya ta’limi 
6-sinfdan boshlanadi, bunda “Umumiy geografiya va Afrika materigi” o’rganiladi. 
5- snifda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Fransiyadan 
tashqari), 3- sinfda Fransiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom 
ettirish 2,1 va bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi. 
2-sinfda geografiya dasturi kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va ko’nikmalar 
chuqurlashtiriladi. 
Litseyning birinchi sinfida Fransiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 2- 
bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to’rtta 
yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o’rganiladi. 
Fransiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli 
qilib yozilgan. Barcha muammolar “inson -tabiat” mazmunidan kelib chiqadi. 
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatga ega 
bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan mamlakatlarga qaranganda birmuncha 
yuqori pog’onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat: 1- bosqich 9 yillik 
majburiy ummuta’lim xalq maktabi, 2- bosqich gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9- 
sinfda tugaydi, 3-4 sinfda o’z mamlakati va qo’shni Shimoliy davlatlarni tabiati va 
xo’jaligiga oid muammolar beriladi. 
Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida o’rganiladi,
boshqa sinflarda esa o’quvchilar xoxishiga ko’ra maxsus kurs sifatida o’rganish 
mumkin. Finlandiyada o’quv rejasi tez-tez almashtirib turiladi. 
Vengrya maktablarida geografiya ta’limi 7-yil davom etadi. 4 yil asosiy (5-8 
sinf) va 3 yil (9-10-11 sinf gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. Geografiya ta’limi 
jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga 3% sayohatga, 29% amaliy 
mashg’ulotlarga 
ajratiladi. 
Keyingi 
paytlarda 
Vengriya 
gimnaziyalarida 
geografiyaga ajratilgan soatlar kamayishi kuzatilmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xalq maorifiga keyingi yillarda katta e’tibor 
berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko’pgina mamlakatlarida 1985 yillargacha xalq 
ta’limi uchun ajratilgan mablag’ 20 barobardan ortiq o’sdi. Ayniqsa Malayziya, 
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, 


17 
Hindiston, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi ancha 
yuqori bo’ldi. 
Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, 
o’rta maktabda o’qishni davom ettirish 4 yildan 8 yilgacha. 
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib, 
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlanadi. 
Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quv dasturlari geografiya 
darslari mamlakat xalq xo’jaligi ehtiyojini e’tiborga olgan xolda tuzilmoqda va 
yaratilmoqda. 
Chet el davlatlarida geografiya ta’limida eng ko’p qo’llaniladigan usullar 
quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Evristik suhbat metodi. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil 
bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o’rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil 
xujjatlar, vositalar asosida muammolar va savollar o’quvchilar diqqatiga havola 
etiladi. Bunday usul ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya, G’arbiy 
Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. 
2.
Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar, jadvallar, haritalar turlicha 
xatoliklarga yo’l qo’yib tuziladi va tarqatiladi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan o’sha 
xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misollar va masalalar yechish 
ham o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng 
qo’llaniladi, o’quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish 
uchun ham ko’proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor mahsulotni 
qayerda sotish, transport harajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli 
foydalanish kabi misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi. 
3.
Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri, noto’g’ri tarzda aralashtirilib berilishi 
shulardan to’g’risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan usullardan 
hisoblanadi. 
4.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan foydalanish, 
matematik modellashtirish keng tarqalgan o’qitish usullari hisoblanadi. Ayniqsa 
diskussiya, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng 
tarqalgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin