12
XVIII asrning birinchi yarmida geografiya o’qitish metodikasi Gollandiya
va Germaniyada rivojlandi. Juda ko’p darsliklar e’lon qilindi.
Ammo mazkur
darsliklarning mazmuni asosan geografik nomlar, ma’lumotlar va sonlardan
iborat bo’lgan. O’quvchilar faoliyati ularni yodlab olishdan iborat edi.
Rossiyada geografiya fanini va uni o’qitish metodikasini rivojlanishida
M.V.Lomonosov X.Chebotarevlar katta xizmat qilishdi. XVIII- asrning
ikkinchi
yarmida X.Chebotarev “Rossiya imperiyasini geografik va metodik tavsifi” nomli
darsligini nashrdan chiqardi. Mazkur davrda geografiya ikkita sinfda o’qitilgan:
III-sinfda umumiy geografiya, IV- sinfda Rossiya geografiyasi.
XIX- asrning boshlarida Yevropa davlatlari va Rossiyada barcha o’quv
muassalarida geografiya ta’limi joriy qilindi. 7-yillik gimnaziyalarning 3-sinfidan
IX-sinfigacha geografiya predmeti o’rganilgan. Geografiya predmeti bo’yicha
haftalik soatlar miqdori 14 soatni tashkil qilingan. Mazkur davrda Ye.F. Zavyalov,
K.P.Arsenov darsliklari bo’yicha geografiya predmeti o’rganilgan.
XIX- asrning ikinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishida K.D.
Ushinskiy, D.D.Semenov ishlari muhim o’rin tutgan. K.D.Ushinskiy geografiya
o’qitishni bir necha tamoillarini ishlab chiqdi. D.D.Semenov “Уроки географии” (
Geografiya darslari) nomli darslik yozgan.
XIX asrning oxirida geografiya tia’limini rivojlanishda nemis olimi
Oberlenderning metodikasi katta o’rin tutadi. U ”Oberlender georafiya metodikasi”
deb nomlangan darslik yozgan. Mazkur darslikda quyidagi metodlar ajratilgan:
- analitik-avval Yerni umuman o’rganib so’ngra uni qismlarini o’rganish;
- sintetiya- avval alohida joylarni o’rganib so’ngra Yerni butunlay o’rganish;
- konstruktiv-o’quvchilar harita chizish mobaynida Yer yuzasining asosiy
shakllari bilan tanishadi;
- bog’lovchi (assotsiativ) o’rganilayotgan voqea va hodisalar o’rtasidagi
o’zaro aloqalarga katta e’tibor berildi;
- guruhlashtiruvchi
bir xil geografik obyekt, hodisa va jarayonlarni
guruhlarini qiyoslashga asoslanadi.
XX-asrning boshlarida geografiya o’qitish metodikasini rivojlanishida
D.N.Anuchin, N.Revskiy, A.Sokolyev, E. Petri, Ya.Rudnev, V.Budanov,
S.Arjanov va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mazkur olimlar
tomonidan Oberlender metodikasi yanada takomillashtirildi va rivojlantirildi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Rossiya va hamdo’stlik mamlakatlarida 9-
yillik mehnat maktablari tashkil qilindi (1-bosqich
I-IV sinflar, ikkinchi bosqich
VI-IX sinflar) geografiya ta’limining maqsadi va mazmuni o’zgaradi.
1921
yil
D.N. Anuchin tomonidan yagona geografiya dasturi ishlab chiqildi, bungacha har
bir tuman va maktab o’zini dasturiga ega bo’lgan. D. N. Anuchin dasturiga binoan
III-sinfda o’z qishlog’i, shahri, tumani geografiyasi; IV sinfda mamlakat turli
mintaqalarining tabiati; V sinfda “Qit’alar geografiyasi”,
VI - VII sinflarda
Rossiya geografiyasi, VIII sinfda iqtisodiy geografiya, IX sinfda astronomiya
va astrologiya o’tilgan.
XX-asrning
Dostları ilə paylaş: