8
Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy bog’langan.
Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi geografiya ta’limida atrof-
muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish masalalariga katta
e’tibor berilgan. Tabiiy geografiya boshlang’ich kursidan boshlab (5-sinf), umumiy
o’rta ta’lim geografiya predmetlarida tabiiy resruslardan oqilona foydalanish,
tabiat tarkiblarni xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va
atrof-
muhit muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan.
Geografiya ta’limi metodikasi tarix, til va adabiyot va boshqa gumanitar
fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografik bilimlarning
rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiatni va uni o’zlashtirilish tarixini
o’rganish tarixiy manbalarinrini o’rganish bilan bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri
yozilishi,
ularni talqini, kelib chiqishi va mazmunini aniqlashda tilshunoslik
qonunyatlari va qoidalari asosida olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon,
mamlakatlar va hududlarini o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va
undagi jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin
ifodalar, talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi.
Geografiya o’qitish
metodikasi kimyo, geografiya va qishloq xo’jaligi
fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning kimyoviy
tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini olish
yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi kimyo fanining yutuqlariiga asoslanadi.
Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami,
hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganishda maktab geografiyasi geografiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi
yutuqlariga asoslanadi.
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish
va tashkil qilishda,
zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab geografiyasi matematika,
statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariga asoslanadi.
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari ishlab
chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik texnalogiyalar
fani yutuqlariga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: