9
8. Geografiya ta’limi metodikasi fanini geografiya fani bilan bog’liqligi nimalarda
ifodalanishining chizmasini tuzing?
9. Geografiya ta’limi metodikasi qaysi fan ishlab chiqqan qoida,
qonuniyat va
qonunlar asosida rivojlanadi?
10. Geografiya o’qitish metodikasi psixalogiya fani bilan qanday bog’langan?
11. Geografiya o’qitish metodikasini boshqa fanlar bilan bog’lanish chizmasini
tuzing.
12. Geografiya fanining boshqa fanlar aloqasiga klaster tuzing.
II BOB. GEOGRAFIYA TA'LIMINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISH TARIXI
Geografiya fani eng
qadimgi fanlar qatoriga kiradi, shuning chun uning
rivojlanish tarixi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir bosqichda geografiya
fanining ayrim tarmoqlari ma’lum bir sharoit ta’sirida juda tez rivojlanib kelgan.
2.1. Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi.
Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini
ikki bosqichga
bo’lib o’rganish mumkin: a) geografik bilimlarning dastlabki to’planishi; b)
geografiya fanining shakllanish va rivojlanish.
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-asrgacha
davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida
odamlarning ehtiyoji
munosabati bilan qo’llana boshlangan. Ularning birinchi geografik bilimlari joyda
mo’ljal olish va eng sodda haritalar tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz
bo’ylab suza boshlashi geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib
hisoblanadi. Ayniqsa Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab
suzishlari va Gibraltar
bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga
kelishiga olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin.
Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. Eramizdan
avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi qadimgi
Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi va rivojlandi.
Mazkur davrdagi mashhur olimlardan Gomerni
tomonidan miloddan oldingi
XII-asrda dunyo haritasi tuzilgan va bu haritada asosan O’rta dengiz atrofi
tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: