O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

1.2.
 
Geografiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari 
 

Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o’zgarib va qaytadan 
shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va 
geografiya o’qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib 
kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish maktab geografiyasining tuzilishi, 
mazmunini va o’qitish metodlarini turlari bilan bog’liq. XX-asr davomida o’qitish 
maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davrda
(XXI-asr) ham geografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi munosabati bilan 
mazkur muammoga yanada ko’proq e’tibor berilmoqda. 
Geografiya o’qitish metodikasi geografiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan 
o’quv, jarayonlar, tamoyil (prinsip)lar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur 
tamoyil va qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab geografiya kursi bilan 
bog’liq o’quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va 
boshqarish imkonini beradi. 
Geografiya o’qitish metodikasining 
obyekti
-
mazkur o’quv fani bilan 
aloqador bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy jarayon.
Geografiya o’qitish metodikasining 
predmeti
 - 
geografik ta’limning maqsadi, 
mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir. 
Geografiya o’qitish metodikasining
maqsadi
 
– geografiya o’quv fanlarining 
mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy 
etish. 
Geografiya o’qitish metodikasining 
vazifasi
 
– geografiya o’quv fanlarining 
mazmuni, uning o’qitish shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq holda joriy 
etish. Shuningdek geografiya o’qitish metodikasi quyidagilarni ham o’z oldiga 
vazifa qilib qo’yadi: 
- bo’lajak o’qituvchilarga geografik o’quv fanlar bo’yicha chuqur va
atroflicha bilim berish; 

maktab 
geografiyasining 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish 
imkoniyatlarini ochib berish; 
- maktab geografiyasining mazmunini zamon talablariga mos ravishda yanada 
takomillashtirish; 
- maktab geografiyasi mazmuni va tuzilishida zamonaviy fan yutuqlarini aks 
ettirish; 
- geografiya darslarini tuzilishi, o’lchamlari va turlarini yanada 
takomillashtirish; 
- geografiya o’qitishni yangi pedagogik va va axborot texnologiyalarini
ishlab chiqish va amalda qo’llash; 
- geografik ekskursiyalar, tadqiqotlar o’tkazish texnologiyasini yanada 
takomillashtirish; 




o’quvchilarda 
amaliy 
geografik 
ko’nikmalarni 
shakillantirish
texnologiyasini takomillashtirish; 
- o’quvchilarning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga 
ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish shakllari, vositalari va 
metodlarini ishlab chiqishdan iborat. 
Geografiya o’qitish metodikasi talabalar va o’qituvchilarni o’qitish 
nazariyasi va tarbiyasi bilan qurollantiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin