10
issiqlik mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning
haritasida Gomer haritasidagi
joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy
qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va
Sirdaryo, Kaspiy dengizi,
Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz,
Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan
issiq mintaqa va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan.
Aristotel
tomonidan tuzilgan “ Meteorologiya” kitobini yozgan.
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III - asrda
Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch
qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning
rivojlanish tarixi,
ikkinchi qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar
tavsifi
berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga
bo’linishi va o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari
Erotosfen dunyo haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan.
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon
17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik
geografiyasi rivojlantirilgan.
Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda
ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri
bilan tuzish usulini
ixtiro qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini
yozgan. Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda
tuzilgan. Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan.
Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo
haritasi
tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan.
Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon
haritalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: